O‘zbekistonda amaldorlar sodir etayotgan jinoyatlar sezilarli kamayayotgani aytildi
Mamlakatda 2017–2019 yillarda poraxo‘rlik jinoyatlari 53 foizga kamaygan, deb ma'lum qildi Aksilkorrupsiya agentligi.
O‘zbekistonda 2019 yilda poraxo‘rlik jinoyatlari 2017 yilga nisbatan 53 foizga, mansabdorlik bilan bog‘liq jinoyatlar esa 60 foizga kamaygan, deya ma'lum qildi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mansabdorlar sodir etgan jinoyatlar oqibatida 2019 yilda davlatga 1 trillion so‘mdan ortiq, 2020 yilning 9 oyida 346 milliard so‘m zarar yetgan.
Ta'kidlanishicha, korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolar faolligini oshirish uchun ularni moddiy rag‘batlantirish kerak.
«Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi qaroriga asosan, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda 326 nafar fuqarodan 100 nafari jami 78 million so‘mdan ortiq pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan.
Ammo mazkur qaror asosida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantirilmagan, shuningdek, davlat xizmatchilarini rag‘batlantirish nazarda tutilmagan», – dedi To‘xtasheva 7 yanvar kungi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 31 dekabrida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
17:16 / 17.12.2024
Qirg‘iziston bosh vaziri korrupsiya tufayli iste’foga chiqarilgan bo‘lishi mumkin
15:17 / 17.12.2024