Trampning tarafdorlari Kongressni nega qamal qilişdi. Voqealar zanjiri
|17:42 / 07.01.202131 25510 min
Donald Trampni qöllab-quvvatlovçilar tomonidan taşkil etilgan «Amerikani qutqariş marşi» nomli norozilik namoyişi iştirokçilari 6 yanvar kuni kunduzi poytaxt Vaşingtondagi Kapitoliy binosiga bostirib kirdi. AQŞ Kongressi aynan şu yerda mamlakat prezidentligi uçun ötkazilgan saylov yakunlarini tasdiqlaşi kerak edi. Quyida bu voqeagaça bölgan voqealar zanjiri keltiriladi.
2020 yil 3 noyabrgaça
AQŞda 2020 yilning 3 noyabrida ötkazilgan prezidentlik saylovlaridan oldin ham Respublikaçilar partiyasi va Trampning saylovoldi ştabi huquqşunoslari turli ştatlarda bir neça sud da'volarida qatnaşişgandi. Ular poçta orqali ovoz beriş muddati uzaytirilişiga qarşi çiqib, Trampning ştabi vakillari muddatidan oldin ovoz beriş jarayonini kuzatişga jalb etilişini talab qilişgandi. Sudlar bu da'volarni rad etişgan. Saylovlar arafasida Tramp bir neça marta poçta orqali ovoz beriş saylovlardagi soxtaliklarning asosiy vositasi bölişini aytib ötdi (demokratlar öz tarafdorlarini koronavirusga çalinmaslik uçun aynan şu usuldan foydalanişga tarğib qilişdi).
3 noyabr
Oddiy qilib aytganda prezident saylovi kuni. Ammo aslida bu kunda saylovçilar öz ştatida keyinroq ikki partiyadan birining nomzodlariga ovoz beruvçi delegatlarni saylaşadi. Delegatlar esa bir oydan köproq vaqt ötib, yakuniy ovoz beriş jarayonida qatnaşişadi, natijalar keyingi yil yanvari boşida Kongress palatalarining qöşma palatalari yiğilişida tasdiqlanadi. Odatda ğolib saylovlar kuni keçasiyoq ma'lum bölib ulguradi (har bir ştatdagi saylovçi delegatlar soniga köra), ammo bu safargi saylovlar poçta orqali ovoz beriş ommalaşgani uçun ovozlarni hisoblaş köp vaqt oldi.
4 noyabr
Saylovlardan keyingi tunda Tramp özini ğolib deb e'lon qildi va ovozlarni hisoblaş zudlik bilan töxtatilişi zarurligini aytdi. U bölib ötayotgan voqealarni «Amerika xalqini firibgarlik bilan aldaş» deb atadi va Oliy sudga murojaat qiliş bilan tahdid qildi (saylovlardan biroz avvalroq u amaldagi prezident sifatida vafot etgan liberal Rut Beyder Ginzburg örniga konservator Emi Barrettni tayinladi va bu orqali Oliy suddagi konservativ sudyalar soni yanada oşdi).
Keyingi kun tongida Tramp - Jorjiya, Şimoliy Karolina va Pensilvaniyada «yaqqol ğalaba»ga erişganini e'lon qildi — bular odatda saylov natijasini oldindan taxmin qilib bölmaydigan oltita ikkilanuvçi ştatlarning uçtasi edi. Şu bilan birga, bu ştatlarda hali ovoz beriş jarayoni davom etayotgandi, yakunda faqat Şimoliy Karolinada amaldagi prezident ustunlikni saqlab qoldi.
5 noyabr
Trampning tvitidan keyin uning tarafdorlari «Hisoblaşni töxtating!» va «Öğirlaşni töxtating!» şiorlari bilan köçalarga çiqa boşlaşdi.
Şu kuni sudlar Trampning huquqşunoslari bergan da'volar — ovozlarni hisoblaşga kuzatuvçilar qöyilmagani (keyinroq huquqşunoslar Pensilvaniyadagi ovozlarni hisoblaş jarayonida Trampning kuzatuvçilari bölganini tan olişdi va sudyaning muammo nimadaligi haqidagi savoliga javoban mum tişlaşdi) hamda ma'lum muddat ötgandan söng ovozlarni hisoblaşni töxtatiş böyiça da'volarini körib çiqişni boşladi (Jorjiyada bu da'volar rad etildi, bu vaqtda ovozlarni hisoblaş jarayoni şundoğam yakunlangandi).
6 noyabr
Qator nufuzli respublikaçi senatorlar, şu jumladan, Trampga 2016 yilgi praymerizlarda raqiblik qilgan Ted Kruz hamda Vakillar palatasidagi respublikaçilar vakili Kevin Makkarti Trampning talablarini qöllab-quvvatlaşdi. Partiyaning boşqa vakillari qarşi fikrlar bildirişdi.
7 noyabr
Amerikadagi asosiy naşrlar Bayden ğalaba uçun kerak bölgan kamida 270 ovozni töplab bölgani oydinlaşgani haqida yozib çiqişdi. Trampning ştabidagilar esa «saylovlar hali beri tugamasligi»ni aytişdi va yoppasiga sud da'volari boşlanişini anons qilişdi.
10 noyabr
Trampning ma'muriyati davlat muassasalariga hokimiyatni Baydenga ötkaziş jarayonida işlovçi jamoa bilan hamkorlik qilişni taqiqladi.
13 noyabr
Trampning ovozlarni qayta hisoblaş böyiça da'volari Pensilvaniya va Miçiganda ham rad etildi, amaldagi prezident jamoasi Arizonada berilgan da'voni qaytarib oldi, bu ştatda Baydenning ustunligi juda katta edi. Trampning huquqşunoslari u bilan hamkorlik qilişdan boş tortişdi, u esa şaxsiy advokati Rudi Julianini — Nyu-Yorkning sobiq merini özining vakili sifatida tayinladi, bu şaxs saylovlardan oldin Baydenga qarşi kompromatlar yiğiş bilan şuğullangandi.
15 noyabr
Tramp ilk marta Bayden saylovlarda ğalaba qozonganini tan olib qöydi — buni u saylovlar natijalari «soxtalaştirilgani evaziga bölgani»ni aytdi. Keyinroq u «heç narsani tan olmasligi»ni takrorladi.
18 noyabr
Trampning vakili Rudi Juliani sudga murojaat qilib, respublikaçilar nazoratida bölgan Pensilvaniya senati saylovçi delegatlarni ovoz beriş natijalarini hisobga olmasdan tayinlaşi uçun ruxsat berilişini talab qildi (AQŞ Konstitutsiyasiga köra buning nazariy jihatdan imkoni bor). Bundan taşqari, şu kuni Tramp şaxsan özi (bir neça marta) va uning Vaşingtondagi ittifoqçilari muhim ştatlardagi respublikaçilarni saylov natijalarini tan olmaslikka çaqirgani xabar qilindi. Bir neça amaldorlar şunday bosimlar bölganini tan olişdi, boşqalari — rad etişdi.
24 noyabr
Amaldagi prezident uning ma'muriyati hokimiyatni saylangan prezident jamoasiga ötişi uçun topşiriq berganini ma'lum qildi, şu bilan birga, saylov natijalarini tan olmaslik böyiça yuridik kuraşni davom ettirişini qayd etdi.
3 dekabr
Saylovlardan roppa-rosa bir oy ötib Tramp 46 daqiqalik videoni e'lon qildi, unda yana bir bor «saylovlardagi firibgarliklar» haqida gapirib, bu murojaatini «u aytişi kerak bölgan eng muhim nutq» deb atadi.
8 dekabr
Kongress qömitasidagi respublikaçilar Bayden AQŞning saylangan prezidenti deb atalgan rezolyutsiya qabul qilinişiga tösqinlik qilişdi.
14 dekabr
Saylovçi delegatlar hay'ati 306 ovoz bilan 232 ovozga qarşi Jo Baydenni AQŞning 46-prezidenti sifatida saylaşdi. Şu kuni Senatdagi respublikaçilar yetakçisi Mitç Makkonell ilk marta Baydenni «saylangan prezident» deb atadi. Tramp, öz navbatida yana öz mağlubiyatini tan olişdan boş tortdi. Miçiganda prezidentning tarafdorlari mahalliy saylovçilarning ovoz berişiga tösqinlik qilişga urinişdi.
Bu vaqtga kelib prezidentning jamoasi 57 sud işidan 50tasida yutqazgan yoki da'vosini qaytarib olgandi. Ekspertlarning fikriça, Tramp jamoasining yakuniy maqsadi işni Oliy sudgaça olib boriş bölgan (u yerda konservativ kayfiyatdagi sudyalar köpçilikni taşkil qiladi), ammo ular sudyalar quyi instansiyalarda köp marta qaytarilgan bir tipdagi da'volarni körib çiqişga rozi bölişiga işonişmagan.
28 dekabr
Vakillar palatasining Texas ştatidan bölgan vakili Luis Gomert vitse-prezident Mayk Pensga qarşi da'vo oçdi va aynan u saylov natijalarini tasdiqlaşi kerakligini bildirdi. 1 yanvar kuni Oliy sud bu da'voni eşitişdan boş tortdi, apellyatsiya ham rad etildi. Ammo Tramp Pensda şunday qaror qabul qiliş huquqi borligini va u bundan foydalanişi kerakligini talab qilişda davom etdi.
2021 yilning 2 yanvari
11 nafar respublikaçi senatorlar ön kunlik tekşiruv ötkazilmagunça saylov natijalari tasdiqlanişiga qarşi çiqişdi. Mayk Pens buni qöllab-quvvatladi.
3 yanvar
The Washington Post Donald Tramp Jorjiya ştati davlat kotibi Bred Raffensperger bilan telefon muloqotida saylovlardagi ovozlarni özining foydasiga qayta hisoblaşni talab qilgani aks etgan audioyozuvni tarqatdi.
«Jorjiya xalqi ğazabda, mamlakatdagi insonlar ğazablanmoqda. Bilsangiz, qaytadan sanaganingiz haqida aytişning heç qanday yomon tomoni yöq. Qarang, men qilmoqçi bölgan narsa faqat şu. Men 11 780ta ovozni topişni xohlayman, bu bizda mavjud ovozdan bittaga köp. Çunki biz ştatda yutdik», degan u. Raffensperger esa sabr bilan bu talabni bajarişning mutlaqo imkoni yöqligini tuşuntirgan.
6 yanvar
Vaşington vaqti bilan kunning ikkinçi yarmida AQŞ Kongressi binosida Senat va Vakillar palatasi a'zolari saylov natijalarini tasdiqlaş uçun yiğilişdi. Odatda bu quruq rasmiyatçilik sifatida ötardi (bu vaqtga kelib ğolib aniq bölardi, mağlub esa hokimiyatni topşiriş jarayonini boşlardi), ammo bu safar jarayon bir qança respublikaçilarning qarşiligi tufayli töxtab qoldi.
Xuddi şu vaqtda Vaşingtonda Tramp tarafdorlarining köp ming kişilik norozilik namoyişi bölib ötayotgan edi. Namoyiş «Amerikani qutqariş marşi» deb nomlangan. Mitingda çiqiş qilarkan, AQŞning amaldagi prezidenti şunday dedi: «Biz heç qaçon taslim bölmaymiz, biz heç qaçon mağlubiyatni tan olmaymiz», şuningdek, öz tarafdorlarini Kongressga borib, «bizning jasur senatorlarimiz,kongressmen va kongressvumenlarimizni olqişlaş»ga çaqirdi. Natijada Kapitoliyga bir neça ming kişi keldi va köp ötmay ular binoga bostirib kirdi. Ularning ayrimlari, körinişidan, qurollangan edi. Kongress a'zolari darhol evakuatsiya qilindi.
Donald Tramp esa avvalroq olovga moy sepgandi, u yana bir bor mağlubiyatini heç qaçon tan olmasligini bildirgandi. «Biz Kapitoliyga boramiz, jasur senatorlarimiz, kongressmenlarimiz va kongressvumenlarimizni olqişlaymiz», degandi Tramp öz tarafdorlarining qizğin olqişlari ostida. Şundan keyin ular Kongress binosi tomon yöl olişgandi.