Vaşingtondagi federal okrug sudi 2 oktyabr, çorşanba kuni maxsus prokuror Jyek Smit tomonidan AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampga 2021 yil 6 yanvar voqealariga şeriklikda ayblovlar qöyganlik uçun tayyorlangan jinoiy jinoiy ayblov xulosasining yangi tahririni e’lon qildi. Öşanda Tramp tarafdorlari Kongress Jo Baydenning prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonganini tasdiqlamasligi uçun Kapitoliy binosiga bostirib kirişdi.

Smitning ta’kidlaşiça, Tramp jinoyat sodir etgan va uning harakatlari prezidentlik daxlsizligiga kirmaydi. U, Oliy sud avvalroq tasdiqlaganidek, AQŞ prezidentining öz rasmiy vazifalarini bevosita bajarişi çoğida qilgan har qanday xatti-harakatlariga taalluqlidir. Maxsus maslahatçiga köra, Tramp saylov natijalarini özgartirişga urinib, AQŞ prezidenti sifatida emas, balki şaxsiy fuqaro sifatida harakat qilgan.

Tramp migrantlar «muşuk yeyişi» haqidagi yolğoni uçun sudga berildi

AQŞning Springfild şahridagi Haiti diasporasi vakillari AQŞning sobiq prezidenti Donald Trampning orol davlatidan kelgan muhojirlar uy hayvonlarini öğirlab ketayotgani va yeyayotgani haqidagi da’volari yuzasidan Mayami federal sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. 27 sentabrdagi hujjatda ayblanuvçilar röyxatida respublikaçilar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod Jyeyms Devid Vens va avvalroq Trampning da’volarini qöllab-quvvatlovçi xabarlarni tarqatgan X ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask ham bor.

«Oxirgi ikki hafta davomida haitilik muhojirlar »muşuk va it yeyişi» haqidagi da’volar yolğon ekanligi haqida bir neça bor aytilgan bölsa-da, ayblanuvçilar uni tarqatişda davom etmoqda. Bu bayonotlar haitilik muhojirlarga tuhmat qiliş va hayotini xavf ostiga qöyiş maqsadida tarqatilyapti», — deyiladi bayonotda.

Tuhmat, nafrat qözğatiş, zöravonlikka undaş va haitilik muhojirlar fuqarolik huquqlarini buzişga qaratilgan fitna — bu The Haitian Diaspora PAC va Office of the Haitian Diaspora guruhlari tomonidan Trampga qöyilgan ayblovlarning faqat bir qismidir. «Heç kimning butun bir guruh odamlarga tuhmat qilişga, ularga qarşi yolğon tarqatiş orqali kundalik hayotini xavf ostiga qöyişga haqi yöq», deb ta’kidladilar da’vo loyihasi mualliflari.