AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp 2021 yilning 6 yanvarida Vaşingtondagi Kapitoliy tepaligidagi tartibsizliklarda ayblangan köplab mahkumlarni afv etiş niyatida. Bu haqda u NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi, undan parçalar 8 dekabr, yakşanba kuni kanal saytida çop etilgan.

«Men juda tez harakat qilaman. Birinçi kuniyoq», dedi Tramp. Uning sözlariga köra, uşbu voqealarda ayblangan köplab tarafdorlari «uzoq yillar davomida hatto oçilişiga ham ruxsat berilmaydigan jirkanç joyda bölişgan». Şu bilan birga, u barça sudlanganlarni afv etmoqçi emasligini va işlarni alohida körib çiqişini aytdi. «Ba’zi istisnolar radikal yoki aqldan ozgan şaxslarga tegişli böladi», dedi u.

2021 yil 6 yanvar kuni Donald Tramp tarafdorlari demokrat Jo Baydenning öşa paytdagi prezidentlik saylovidagi ğalabasini tan olmaslikni talab qilib, AQŞ Kongressi binosiga bostirib kirişdi. Köpçilik politsiya xodimlariga nisbatan zöravonlik harakatlarini sodir etdi.

2021 yilgi tartibsizliklar figurantlari nimada ayblanmoqda?

NBC News telekanaliga köra, tartibsizliklar böyiça kamida 1572 kişiga ayblov e’lon qilingan va 1251 nafardan ortiği sudlangan yoki aybiga iqror bölgan. «Kamida 645 nafar ayblanuvçi bir neça kundan 22 yilgaça bölgan federal qamoq jazosiga hukm qilingan. Hozirda 250 ga yaqin odam hibsda bölib, ularning aksariyati sudlangandan keyin jazo muddatini ötamoqda. Bir neça kişi federal sudyaning buyruği bilan hibsda saqlanmoqda», deyiladi ma’lumotda.

Qayd etilişiça, Tramp öz aybiga iqror bölgan mahbuslarni, jumladan, politsiya xodimlariga hujum qilganini tan olganlarni ham afv etişini istisno etmagan. «Çunki ularda (tan olişdan boşqa) iloji yöq edi», — dedi saylangan prezident.

Töpolonda aybiga iqror bölgan, lekin politsiya xodimlariga hujum qilganlikda ayblangan 900 dan ortiq ayblanuvçilar haqida söralganda, Tramp ular bosim ostida öz aybiga iqror bölganini aytdi. «Men bu tizimni bilaman. Bu juda korrupsiyalaşgan tizim», — dedi Tramp.

NBC News eslatganidek, Vaşingtondagi tartibsizliklar bilan boğliq ayblovlar noqonuniy yurişda qatnaşişdan tortib, fitna uyuştirişgaça bölgan ayblovlarni öz içiga oladi. «Hibsda saqlanayotganlar orasida ğalayonda ayblangan öta öng Proud Boys va Oath Keepers guruhlari a’zolari; tartibsizlikni tergov qilgan FTB agentlarini öldirişga uringanlikda ayblanganlar; tartibsizliklar paytida havoga öq uzganlikda ayblanganlar; Tramp uy manzilini öz içiga olgan skrinşotni e’lon qilganidan keyin sobiq prezident Barak Obamaning uyi yonida qölga olingan bir kişi bor», deyiladi materialda.