Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Vashingtondagi tartibsizliklarni demokratiya uchun sharmandalik deb atadi
AQSh kongressida 6 yanvarda yuz bergan tartibsizliklar dunyo hamjamiyatini larzaga soldi va demokratiya uchun sharmandalik bo‘ldi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi nutqi vaqtida.
“AQShda bo‘lib o‘tgan ushbu jarayon butun insoniyatni larzaga soldi va hayratlantirdi. Jumladan, bu holat bizni ham ajablantirdi. Biz demokratlar ham respublikachilar bilan bir xil ekanligini ko‘rdik. Bu demokratiya uchun sharmandalikdir”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisi 20 yanvarda hokimiyatning saylangan prezident Jo Baydenga topshirilishi “tinchlik bilan” amalga oshirilishiga umid bildirdi.
“Bayden bilan Amerika xotirjamlikka erishadi”, deb Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltirib o‘tgan TRT Haber telekanali.
Turkiya yetakchisining fikricha, “ushbu og‘ir epidemiya davrida AQSh xalqaro munosabatlarda mutlaqo yangi bosqichni boshlashi kerak”.
“Vafot etganlarning oilalariga sabr, jabrlanganlarga esa sog‘ayib ketishlarini tilab qolaman”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Turkiya prezidenti.
6 yanvarda Vashingtonda Tramp tarafdorlari ishtirokida tartibsizliklar yuz berdi. Tartibsizliklar vaqtida 5 kishi vafot etdi va o‘nlab kishilar jarohat oldi.
Mavzuga oid
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026
Tramp: Eron bilan kelishuv hali yakunlangan emas
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
23:07 / 17.06.2026