Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Baydenning inauguratsiyasida qatnashmaydi. Bunaqasi AQSh tarixida uch marta bo‘lgan
AQSh prezidenti Donald Tramp 20 yanvar kuni o‘tkaziladigan Jo Baydenning inauguratsiya marosimida qatnashmasligini ma'lum qildi. Tramp bu haqda Tvitterdagi sahifasida yozdi.
Foto: Reuters
«Mendan so‘raydiganlar diqqatiga: 20 yanvar kuni inauguratsiya marosimida qatnashmayman», deb yozdi Tramp yaqinda blokdan ochilgan sahifasida.
AQShning siyosiy odatlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti o‘zidan keyin hukumat rahbarligiga keluvchi bo‘lajak prezidentga hurmat ko‘rsatib, inauguratsiya kuni u bilan birga limuzinda Kapitoliy saroyiga borishi kerak. Bu hukumatni tinch yo‘l bilan topshirishning ramziy ko‘rinishi hisoblanadi.
Tramp o‘zidan keyingi prezidentning inauguratsiya marosimida qatnashmaydigan birinchi prezident bo‘lmaydi. Ungacha 1869 yil Endryu Jonson, 1829 yil Kuinsi Adams va 1801 yil Jon Adams ham o‘zidan keyingi prezident inauguratsiyasida qatnashmagan. Tramp bu ishni XIX asrdan buyon ilk marta amalga oshiradigan AQSh prezidenti sifatida tarixda qoladi.
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens inauguratsiya marosimida qatnashish-qatnashmasligi haqida gapirmagan, lekin qator nashrlar uning Bayden «taxtni egallaydigan» marosimda qatnashishiga ishonch bildirmoqda. New York Times esa Pens marosimda qatnashish uchun rasmiy taklif olmagani haqida yozdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 20 yanvar kun yarmigacha rasman cheklangan vakolatlar bilan AQSh prezidenti hisoblanadi. Mahalliy vaqt bilan kun yarmida saylangan prezidentning inauguratsiya marosimi boshlanadi. Bayden qasamyod qabul qilishi bilan AQShning 46-prezidentiga aylanadi va marosim tugagach, o‘z vazifasiga kirishadi.
Quyidagi suratlarda AQShning oldingi prezidentlari Barak Obama, kichik Jorj Bush, Bil Klinton va katta Jorj Bush o‘zidan keyingi prezidentlarning inaurugatsiya marosimlarida qatnashgani tasvirlangan.
🇺🇸 Tramp zayavil, chto ne budet prisutstvovat na inauguratsii Baydena. Eto yeshche odin neetichnyy postupok iz ryada von, narusheniye traditsii — uxodyashchiy amerikanskiy prezident vsegda prisutstvuyet na inauguratsii pobeditelya, pozdravlyayet yego, naputstvuyet. pic.twitter.com/ik5x31Iaee
— Rustem Adagamov (@adagamov) January 8, 2021
Mavzuga oid
10:00
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025