Salomatlikka urilayotgan zarba

Qişda uylarning yaxşi isitilmasligi odamlar uçun koronavirusdan köra xavfliroq. Zero, köçada sovuqqa doş bergan inson organizmi uyga qaytganda isinişni «istaydi». Inson uyda-yu köçada – muttasil sovuqqa doş berolmaydi, zero, immun tizimi «çarçaydi». Bunday «virus» keltiradigan zararning statistikasi esa yuritilmaydi.

Kundan kunga, yildan yilga takrorlanuvçi bunaqa holat – sovuq uy «fenomeni» xalqning umumiy salomatligiga putur yetkazadi. Bu esa hayot sifati tuşadi, kayfiyat tuşadi, asablar taranglaşadi degani... Köp kasal böliş oqibatida topilgan mablağning katta qismi dori-darmonga sarflanadi.

Kuzatuvlarimizga köra, qiş kelib, gaz va «svet» yöqligidan aziyat çekib yaşaydigan hududlarda aholining topgan daromadi 3 ta asosiy ehtiyojlarga ketadi: oziq-ovqat, ötin (kömir) va dori-darmon.

Qolgan ehtiyojlar çetga suriladi, köklam kelguniça «navbat kutadi».

Ijtimoiy madaniyatga urilayotgan zarba

Qişning sovuq kunlarida hamma ham issiq uyda yaşagisi, uyquga yotişidan avval va uyğonganidan söng issiq suvda yuvingisi keladi.

Yaxşi şaroitda haftada bir yoki bir neça marta çömilgan inson şaroitsizlikda oyda bir çömilsa ham katta gap...

«Köylak, uning ustidan yana köylak». Qişda uy içida kiyiladigan ust-boş ham, kayfiyat ham xona haroratiga yaraşa böladi. Erkag-u ayol – hammaning taşqi qiyofasi ham şu zaylda çiroyini yöqotib boraveradi. Yangi kiyimga atalgan pullar ötin va doriga sarflanadi.

Sovuqdan taraşa bölmaslik taşvişi kişi taşqi körinişining abgorlaşuvi bilan uyğunlaşib ketadi.

«12 kişi bir xonada yaşayapmiz», deydi gaz tarmoğidan uzib taşlanganiga 10 yildan oşgan, elektr toki sutkasi 4 soat yonadigan qişloqlardan birida yaşovçi bir otaxon. Bunaqa holat minglab oilalarning qismatiga aylangan.

Qişloq joylarda qiş kelişi bilan yoş-u-qari, öğil-qiz, va hatto kelin-kuyovlar hamma bir xonaga jam bölişi va şu zaylda qişlaşi yangilik bölmay qoldi. Masalaning boşqa ayrim jihatlariga töxtalib ötirişni ep körmadik. Zero, hayotning bu aççiq sinovlarini boşidan keçirayotgan zamondoş gap nima haqida ketayotganini oson fahmlaydi.