Sport | 03:15 / 10.01.2021
6306
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Barselona» Messi va Grizmanning dubli evaziga «Granada»ni tor-mor etdi, «Real» autsayder bilan durang o‘ynadi

Foto: Twitter/RealMadrid

Ispaniya chempionatining 18-turida «Barselona» safarda «Granada» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Kataloniyaliklar tarkibida Lionel Messi va Antuan Grizmann dubl qayd etishdi.

Madridning «Real»i esa autsayderlardan biri «Osasuna» darvozasiga yo‘l topa olmadi. 

18-turdan keyin «Real» 37 ochko bilan 2-pog‘onani, «Barsa» 34 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

La Liga, 18-tur, 9 yanvar

Granada — Barselona 0:4

Gollar: Grizmann (12, 63), Messi (35, 42).
Granada – Ruy Silva, Duarte, Xerman Sanches, Fulke, Neva (Valexo, 46), Montoro (Milya, 46), Errera (Soro, 67), Eteki, Puertas, Machis (Kenedi, 65), Soldado (Suares, 46). 
Barselona – ter Stegen, Alba, Mingesa, Dest (Firpo, 81), Umtiti, Buskets, de Yong (Pyanich, 65), Pedri (Trinkau, 73), Dembele (Puch, 73), Grizmann, Messi (Breytueyt, 65).

Osasuna – Real 0:0

Osasuna – Errera, David Garsiya, Xuan Krus, Vidal, Aridane, Monkayola, Oyyer Sanxurxo, Inigo Peres, Roberto Torres, Ruben Garsiya (Xoni Rodriges, 77), Kaleri (Budimir, 78). 
Real – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Modrich (Isko, 75), Azar (Mariano Dias, 75), Kroos, Asensio (Valverde, 66), Benzema.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid