Jahon | 11:01 / 10.01.2021
3946
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar va Saudiya Arabistoni 3,5 yillik to‘xtashdan keyin aviaaloqani tikladi

Qatar Airways va Saudi Airlines aviakompaniyalari Qatar va Saudiya Arabistoni o‘rtasida aviaaloqani 11 yanvardan tiklashini e'lon qildi. Mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralar 2017 yil iyunda uzilgan o‘zaro diplomatik aloqalardan keyin 9 yanvarda ochilgandi.       

AFP axborot agentligining xabar berishicha, 9 yanvar soat 10da avtomobillar Qatar chegarasidagi o‘tkazish punktini kesib o‘tishgan. Saudiya Arabistonidan Qatarga oqim teskari yo‘nalishdagidan kamroq bo‘lgan.

5 yanvarda Misr, Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Qatar bilan yarashuv kelishuvini imzoladi. Ushbu 4 arab davlati Qatarni mintaqadagi vaziyatni barqarorsizlashtirishda ayblab, u bilan 2017 yil iyunda aloqalarni uzgandi. 

Qatar quruqlikda faqat Saudiya Arabistoni bilan chegaraga ega. Qatarni qolgan qo‘shni davlatlar bilan faqat havo va dengiz aloqasi bog‘laydi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid