Pandemiyaning «inqilobiy» kuçi

Texnologik taraqqiyot natijasida moliyaviy bozorlarning virtuallaşuvi raqamli va kriptovaluta bozorlariga yanada jon bağişladi. Bu jarayon koronavirus pandemiyasi ortidan özining yangi bosqiçiga kötarildi.

Odatda, önlab yillar davom etadigan özgarişlar epidemiya ta'siri tufayli bir yil içida sodir böldi. Masalan, yaqinda Şveytsariya Markaziy banki «blokçeyn» texnologiyasiga ega elektron kronni bozorga olib çiqdi. Bagama Markaziy banki ayni şu dasturni 2020 yilning oktyabr oyida joriy qilgandi. Şuningdek, dunyodagi eng yetakçi iqtisodiyotga ega davlatlardan biri bölgan Xitoy Markaziy banki moliya bozorlariga raqamli valuta çiqarişga hozirlik körmoqda. Mazkur jarayon 2035 yilgaça yakunlanişi kutilmoqda.

Uşbu özgarişlar yangi global moliyaviy tizimdan darak bermoqda. Mazkur özgarişga kriptovalutalar va ularning orasida eng taniqlisi bölgan Bitcoin’ga bölgan talabning tez sur'atlarda ösib borişi katta turtki berdi. Ayniqsa, keyingi paytlarda AQŞ va Buyuk Britaniyadagi köplab investitsiya kompaniyalari özining millionlab dollarlik sarmoyalarini kriptovalutalar foydasiga işlatişini e'lon qildi. Bundan taşqari, Meksikaning eng yirik ommaviy axborot vositalariga egalik qiluvçi milliarder Rikardo Salinas Twitter’da likvid aktivlarining 10 foizini Bitcoin’ga kiritganini e'lon qildi.

Qiziqiş ortib bormoqda

Bitcoin’ga asoslangan jonli bozor kriptovaluta bozorlariga şubha bilan qarovçi ba'zi iqtisodçilar va institutlar fikrlarining ijobiy tarafga burilişiga olib keldi. Masalan, jarayon boşida kriptovaluta bozorlariga şubha bilan qaragan taniqli iqtisodçi Nuriel Rubini Yahoo Finans jurnalistlariga bergan intervyusida avvaliga özi «yomon pul» deb atagan Bitcoin’ni «qisman sarmoya» vositasi sifatida körişini ma'lum qildi.

Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS) tomonidan ötkazilgan sörov ham butun dunyo böylab sodir bölgan uşbu özgarişni yaqqol tasdiqladi. Sörov natijalariga köra, 2020 yil dunyo miqyosida markaziy banklarning raqamli pul tizimlariga qiziqişi oldingi yildagiga nisbatan 10 foizga oşgan. Ayni paytda yana bir ahamiyatli jihat şundaki, uşbu banklarning aksariyati rivojlanayotgan mamlakatlarning markaziy banklari hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar öz yoş aholisining yangiliklarga moslaşiş tezligi, yangi texnologik özgarişlarda davlatning yetakçi rol öynaşi kabi ba'zi bir afzalliklardan foydalangan holda pullarning raqamlaşuvi jarayonida karvonboşilik qilmoqda.