Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 104 mlrd so‘mlik noqonuniy kriptovaluta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
Ular One Paymens va P2P Trade ilovalari orqali o‘zga shaxslarga tegishli bank kartalarini ulab, kriptovalutani pulga ayirboshlagan. Tezkor tadbirda 68 ta plastik karta, 12 ta uyali aloqa vositasi va 2 ta kompyuter rasmiylashtirib olingan.
Foto: Videodan kadr
Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda 104 mlrd so‘mlik kriptovaluta savdosi bilan shug‘ullangan to‘rt nafar fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Operativ-qidiruv departamenti, Kiberxavfsizlik markazi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Milliy istiqbolli loyihalar agentligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan. Tadbir “Xavfsiz kibermakon” va “Dolzarb 20 kun” aksiyalari doirasida o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida noqonuniy kripto aylanmasi bilan shug‘ullangan 35, 32, 27 va 26 yoshli shaxslar qo‘lga olingan. Ular One Paymens va P2P Trade ilovalari orqali o‘zga shaxslarga tegishli bank kartalarini ulab, kriptovalutani pulga ayirboshlagan.
Shuningdek, tezkor tadbirda 68 ta plastik karta, 12 ta uyali aloqa vositasi, 8 ta SIM karta va 2 ta kompyuter rasmiylashtirib olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
17:56 / 10.03.2026
Navoiyda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
10:34 / 04.03.2026