Qozoğiston Markaziy banki Solana va Mastercard bilan hamkorlikda milliy valutaga boğlangan yangi steyblkoin böyiça pilot loyihani işga tuşirdi.

Qozoğiston Milliy banki seşanba kuni Cointelegraph’ga taqdim etgan bayonotida raqamli aktivlarni tartibga soliş uçun yaratilgan maxsus tartibga soliş qumdoni doirasida steyblkoin loyihasini işga tuşirganini ma’lum qildi.

Evo (KZTE) nomli yangi steyblkoin Qozoğiston milliy valutasi — tengega boğlangan bölib, u sandbox iştirokçilari — Intebix kripto birjasi va mahalliy “Eurasian bank” tomonidan çiqarilmoqda. Jarayonda Solana va Mastercard ham texnologik yordam körsatmoqda.

Solana blokçeyni asosida yaratilgan KZTE steyblkoini allaqaçon Markaziy bankning tartibga soliş maydonida işga tuşirildi. Mastercard esa uni global steyblkoin emitentlari bilan boğlaşni rejalaştiryapti.

Kripto va an’anaviy moliyani boğlaydigan milliy steyblkoin

Qozoğistonning Evo steyblkoini “milliy steyblkoin” sifatida taqdim etilib, uning vazifasi kripto-innovatsiyalarni an’anaviy moliya tizimi bilan integratsiya qilişdan iborat.

KZTE steyblkoinidan foydalaniş yönalişlari quyidagilarni öz içiga oladi:

  • kripto va fiat valutalar örtasidagi kanalni kengaytiriş;
  • kriptovaluta ayirboşlaş operatsiyalarini qöllab-quvvatlaş;
  • kripto-kartalar orqali tranzaksiyalarni amalga oşiriş.

Bayonotda ta’kidlanişiça, loyiha Milliy bankning raqamli aktivlar bozorini rivojlantiriş va innovatsion raqamli vositalarni joriy etiş orqali milliy raqamli aktivlar ekotizimini şakllantiriş strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Garçi Evo steyblkoini texnik jihatdan Intebix va “Eurasian bank” tomonidan çiqarilayotgan bölsa-da, Qozoğiston Markaziy banki loyiha doirasida uning çiqarilişi va sinovdan ötkazilişiga imkon beruvçi tartibga soliş rejimini taqdim etmoqda.

Avvalroq Özbekistonda tölov vositasi sifatida steyblkoinlardan foydalanişga ruxsat berilişi mumkinligi xabar qilingandi.