Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi bosh kotibiga aylandi
Foto: AFP
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining VIII qurultoyida partiyaning bosh kotibi etib saylandi.
Pxenyanda o‘tgan 6 kunlik sessiyada partiyaning ijrochi siyosiy kengashini kotibiyatga o‘zgartirishga qaror qilingan va shu sababli Kim Chen In bosh kotib etib saylangan.
Partiyaning 2016 yil mayida o‘tgan avvalgi qurultoyida Kim Chen In partiya raisi etib saylangandi.
Shimoliy Koreya rahbari qurultoydagi nutqida Pxenyan Janubiy Koreya bilan munosabatlarni “yangidan boshlashi” mumkinligini, biroq buning uchun Seul Koreyalararo kelishuvlarni faol bajarishi kerakligini aytgan.
Shuningdek, qurultoy ishtirokchilari partiya nizomiga o‘zgartirishlarni tasdiqlashgan. Ularga ko‘ra, keyingi qurultoylar 5 yilda bir marta chaqiriladi va ular o‘tkazilishi haqida bir necha oy oldin e'lon qilinadi.
Kim Chen Ingacha partiya bosh kotibi unvoniga uning otasi Kim Chen Ir, undan avvalroq esa bobosi Kim Ir Sen ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
20:02 / 05.11.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga yana besh ming askar yubordi
21:08 / 04.11.2025