Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taniqli bolalar xirurgi Yuriy Kozlov Toshkentda 20ta jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi
Rossiyalik bolalar jarrohi Yuriy Kozlov Toshkentda bir nechta murakkab bolalar jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazdi. U ayni paytda Rossiyadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘qligi bois avvaliga o‘zi istiqomat qiladigan Irkutskdan Moskvaga, so‘ng Istanbulga, shundan keyin Toshkentga uchgan.
«Vesti-Irkutsk» dasturida xabar qilinishicha, shifokor Toshkentga farzand ko‘rishga hozirlanayotgan oilaning chaqiruvi bilan kelgan. Ona homilasida oshqozon-ichak trakti anomaliyasi rivojlangan bo‘lib, bola tug‘ilishi bilanoq bir necha soat ichida operatsiya qilinishi zarur edi.
Yakunda jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan. E'tiborlisi, xirurg bu oila farzandidan tashqari, Respublika perinatal markazida 5 kun ichida yana 19 nafar boshqa bolalarni ham operatsiya qilgan.
«Kozlov bajaradigan operatsiyalarni qila oladigan shifokorlar dunyo miqyosida anchagina kam. Ular orasida bepul operatsiya o‘tkazadiganlari ayniqsa sanoqli. COVID-19 vaqtidagi harakatlanish cheklovlari tufayli irkutsklik vrach o‘zi jajji bemorlarining oldiga bormoqda», deyiladi xabarda.
Ayni paytda shifokor Toshkentda operatsiya qilgan bolalarning barchasiga uyiga javob berilgan.
Ma'lumot uchun, Yuriy Kozlov – tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali bolalar jarrohi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor, «Rossiyaning eng yaxshi shifokori» tanlovi g‘olibi. U Ivano-Matreninsk bolalar klinik shifoxonasining Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar xirurgiyasi va reanimatsiyasi markazi asoschisi va rahbari sanaladi.
Mavzuga oid
11:38 / 12.09.2025
O‘zbekistonda bolalar jarrohligiga oid yangi usul patentlandi
07:53 / 04.09.2025
O‘zbekiston va Germaniya bariatrik jarrohlikda xalqaro standartlarni joriy etadi
18:13 / 28.08.2025
Jizzaxda ota farzandlariga zo‘ravonlik qildi
16:14 / 12.08.2025