"Germaniyaning Alexianer St. Martinus-Krankenhaus şifoxonasi va Özbekiston Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi örtasida bariatrik jarrohlik yönalişini rivojlantirişga qaratilgan yangi xalqaro hamkorlik yölga qöyildi", – deyilgan naşrda.
Dyusseldorfdagi semiriş kasalliklarini davolaş markazi mutaxassislari Özbekistonning yetakçi tibbiyot muassasasi bilan birgalikda semiriş va metabolik kasalliklar jarrohligi sohasida tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va klinik amaliyotlarni mustahkamlaş böyiça hamkorlik qiladi.
Mazkur kelişuv doirasida qöşma tadbirlar – qayta tayyorlaş va malaka oşiriş dasturlari, stajirovkalar, bilim va tajriba almaşiş, seminarlar, mahorat darslari, sohadagi yetakçi mutaxassislar iştirokida xalqaro konferensiyalar taşkil etilişi, şuningdek, ekspertlar xulosalari asosida tibbiyotni rivojlantiriş böyiça taşabbuslarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Maqola yakunida, "Har ikki mamlakat tibbiy muassasasi xalqaro hamkorlik doirasida bariatrik jarrohlik sohasida yuqori professional standartlarni joriy etiş va uni rivojlantirişga öz hissasini qöşadi", – deb yozilgan.











