Uzoq yillardan buyon jarrohlar tanadagi kesilgan joy yoki katta jarohatlarni yopiş uçun maxsus ip (şv)lar yoki skobalardan foydalanib keladi. Bu usullar sodda va sinovdan ötgan bölsa-da, öziga yaraşa noqulayliklarga ham ega.
Tikuv iplari bilan bitgan jarohatlarda köpinça dağal çandiqlar qoladi. Ba’zan iplar böşaşib, yara oçilib ketadi va tiklaniş töliq bölmaydi. Metall skobalar esa atrofdagi töqimalarni tirnaşi yoki şikastlaşi mumkin.
Eng qiyini – nervlar va qon tomirlarni tiklaş. Ular juda nozik bölgani uçun har qanday qöşimça jarohat mazkur organlarning işlaşiga jiddiy tösqinlik qiladi. Şu sabab olimlar şikastlangan tana qismlarini davolaş, töqimalarni birlaştirişning an’anaviy usullariga muqobil, xavfsiz va samaraliroq yondaşuvlarni izlaşda davom etmoqda.
Mazkur masalaga bağişlangan tadqiqotlardan biri AQŞdagi Massachusets texnologiya instituti (MIT)da ötkazilib, yoruğlik nuri yordamida qotuvçi maxsus tibbiy yelim işlab çiqildi. U nam töqimalarga 30 soniya içida yopişadi, vaqt ötişi bilan tanada erib ketib, iz qoldirmaydi.

Uşbu tadqiqot dastlab bir aspirantning polimerlar böyiça ilmiy loyihasi bölib boşlangan. Keyinçalik u laboratoriya hayvonlarida yurakdagi teşiklarni xavfsiz “yopiş” usuli sifatida qöllangan.
2013 yilda mazkur loyiha asosida Tissium nomli kompaniya taşkil etilgan. Uning faoliyati jarrohlik amaliyotlarida foydalaniladigan eski tikiş usullarini jarohatga kam zarar yetkazadigan va samarali texnologiyalar bilan almaştiriş maqsadida yölga qöyilgan.
Tissium kompaniyasining birinçi mahsuloti — Coaptium Connect tizimi. U qöl yoki oyoq barmoqlaridagi uzilgan nervlarni qayta ulaş uçun işlatiladi. Tizim uçta asosiy qismdan iborat:
- Maxsus tibbiy yelim: nerv uçlarini bir-biriga mustahkam yopiştiradi.
- 3D-printerda tayyorlangan maxsus qobiq: nerv uçlari töğri joylaşişi uçun ularni örab turadi.












