Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 7 fevralgacha xorijliklarning mamlakatga kiritilishi taqiqlandi
Yaponiya hukumati koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun 7 fevralgacha mamlakatga barcha norezident xorijliklar, jumladan tadbirkorlarning kiritilishini taqiqladi. Bungacha 11 davlat, Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand, Vetnam, Singapur va Malayziya tadbikorlariga Yaponiyaga kirishga ruxsat berilgandi.
Biroq Yaponiya hukumati koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli ishbilarmonlik safarlari haqidagi kelishuvning amal qilishini to‘xtatishga qaror qilgan.
“Biz bunday toifadagi vizalarning favqulodda vaziyat rejimi tugamagungacha, ya'ni 7 fevralgacha berilishini to‘xtatdik”, deb ma'lum qilgan Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga.
Suga, shuningdek, favqulodda vaziyat rejimi yana 7ta prefekturaga joriy qilinishini ma'lum qilgan. Endilikda ushbu rejim Yaponiya aholisining yarmidan ko‘prog‘i yashaydigan 11ta prefekturani qamrab oladi. Favqulodda vaziyat amal qilishi vaqtida fuqarolarga soat 20dan keyin uylarida qolish tavsiya qilingan. Shuningdek, restoran va barlar ham soat 20da yopiladi. Bundan tashqari, kompaniyalar xodimlarining 70 foizi masofadan ishlashga o‘tkazilishi belgilangan.
Dekabrda Yaponiya hukumati mamlakatga ko‘plab davlatlar fuqarolarining kiritilishini taqiqlagandi. Ushbu qaror Kunchiqar davlatda koronavirusning Britaniyada tarqalgan yuqumliroq shtammi aniqlangani sababli qabul qilingan.
Yaponiyada koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygani sababli 7 yanvardan Tokio va unga yondosh Kanagava, Saytama va Tiba prefekturalarida bir oyga favqulodda vaziyat rejimi kiritilgandi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026