Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada karantinning “ashaddiy” qoidabuzarlari uchun “koronavirus turmasi” ochishga qaror qilindi
Germaniyaning Saksoniya federal yeri ma'muriyati karantin qoidalarini bir necha marotaba buzganlar va xavfsizlik choralariga rioya qilishni qat'iyan istamayotganlar saqlanuvchi maxsus markaz tashkil etishga qaror qildi.
Bild nashri ushbu markazni “koronavirus turmasi” deb atadi. Ma'lum qilinishicha, markaz 2017 yilda qochqinlar uchun qurilgan punkt negizida quriladi. “Koronavirus turmasi”da qoidabuzarlar qanday saqlanishi hozircha noaniq, biroq hudud devor bilan o‘ralib, politsiya tomonidan qo‘riqlanadi.
Ushbu axborot mahalliy ma'muriyat tomonidan tasdiqlangan. Saksoniyaning ijtimoiy masalalar vazirligida markaz yangi maqsadlar uchun qayta jihozlanishi ma'lum qilingan. Qoidabuzarlar markazga sud qarori bilan jo‘natiladi. Dastlab ashaddiy qoidabuzarlarga ogohlantirish yuboriladi, so‘ngra ulardan jarima undiriladi va ular shundan keyin ham o‘zlarini “tiymasalar”, unda “koronavirus turmasi”ga jo‘natiladilar.
Avvalroq Saksoniya sog‘liqni saqlash vaziri Petra Kepping karantin qoidabuzarlarini ruhiy kasalliklar shifoxonalariga jo‘natishni taklif qilgandi.
Germaniyada dekabrning o‘rtalaridan karantin choralari kuchaytirildi. Yanvar boshida ushbu cheklovlar oy oxirigacha uzaytirilib, yanada qat'iylashtirildi. 12 yanvarda kansler Angela Merkel agar hukumat virus tarqalishini jilovlay olmasa, unda lokdaun mart oxirigacha uzaytirilishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026