Bu Yevropa sudi Katta palatasining davlatlararo işlardagi Ukrainaning şikoyatlari böyiça ilk işidir. U Qrimdagi Rossiya hukumatining «ma'muriy amaliyot»iga taalluqli. Ukraina Qrimning Rossiyaga qöşilişiga qarşilar va boşqa «himoyasiz guruhlar»ni tizimli qatağon qilinişi şuning natijasi deb hisoblaydi.

YeIHSga 2014 yildan beri şaxslardan Qrim va Ukrainadagi voqealar bilan boğliq Rossiyaga qarşi 7 ming şikoyat tuşgan.

Sud Rossiyaning Qrimda Yevropa konvensiyasini buzganini körib çiqadi. Qaçon hal qiluvçi qaror çiqarilişi ma'lum emas. Bunga bir neça yil ketişi ham mumkin.

Katta palata rasmiy Kiyevning 2014 yil 27 fevraldan boşlab Qrim yarimoroli amalda Rossiya nazoratiga ötgan degan versiyasiga qöşildi. Bunga 2014 yilning yanvaridan martiga qadar Rossiyaning Qrimda Ukraina hukumati roziligisiz yoki u yerda Rossiya harbiy kuçlarining bölib turişiga yetarli tahdid bölganiga asoslarsiz harbiy nazoratni kuçaytirgani guvohlik beradi.

Sud Ukraina hukumati Rossiya qöşinlari passiv kuzatuvçi maqomida bölmagani, aksinça, Ukraina şikoyat qilgan hodisalarda faol iştirok etgani haqida yetarliça dalil keltirgan deb hisoblaydi. Gap Qrim parlamenti va vazirlar kengaşi binosi qamal qilingaç, Qrimda hokimiyat almaşgani haqida ketyapti. Şundan keyin rus harbiylari diversion operatsiyalar bilan Qrimga quruqlik, suv va havo yöllari orqali kiriş va çiqiş punktlarini nazoratga olişgan, deya şikoyat qilmoqda Ukraina.

Ukraina nimadan şikoyat qilgan?

Ukraina hukumati Rossiyani Inson huquqlari Konvensiyasining 12 moddasini buzişda ayblamoqda:

  • yaşaş huquqi (2-modda);
  • qiynoqlar, ğayriinsoniy va qadr-qimmatni yerga urişni taqiqlaş (3-modda);
  • erkinlik va xavfsizlik huquqi (5-modda);
  • adolatli sudlov huquqi (6-modda);
  • şaxsiy hayotga hurmat huquqi (8-modda);
  • e'tiqod qiliş huquqi (9-modda);
  • fikrini bildiriş huquqi (10-modda);
  • töplaniş va birlaşiş huquqi (11-modda);
  • malakali huquqiy himoyaga ega böliş huquqi (13-modda);
  • diskriminatsiyani taqiqlaş (14-modda);
  • mulkni muhofaza qiliş (Konvensiyaning №1 protokoli 1-moddasi);