– Iqtisodçilar, xususan, sizning sohangiz uçun 2020 yil oğir kelgani ta'kidlandi. Siz uçun 2020 yil qanday boşlandi va pandemiya davrida qanday qiyinçiliklarga duç keldingiz?

– 2020 yil boşidan ulkan rejalar qilib olgandik, xususan, hududda iqtisodiy ösiş 105 foizgaça bölişini kutayotgan edik. Afsuski, pandemiya boşlangaç, köp rejalarni özgartirişga töğri keldi. Mart oyi oxirida köpgina korxonalar karantin tufayli töxtab qoldi. Prezident rahbarligida iqtisodiyot «qöl boşqaruvi» rejimiga ötdi, taxminan 3-4 oy davomida iqtisodiyotni qayta yuritişga harakat qilindi. Bunga hududlardagi butun iqtisodiy blok hammasi jalb etildi, taxminan avgust oylariga kelib iqtisodiyotni barqaror yuritişni boşladik. Buxoro viloyati misolida aytadigan bölsak, oktyabr oyiga kelib fevral oyidagi bank aylanmasiga çiqişga erişdik. Yil oxirida töğri olib borilgan siyosat natijasida iqtisodiyot qayta tiklandi.

– Körsatkiç yil boşida 105 foizga yetişi közlangan bölsa, yil yakunida qançani taşkil etgandi?

– Dastlabki ma'lumotlarga köra, hududiy yalpi mahsulotning 101,2 foiz ösişi kutilmoqda.

– Bilamiz, Buxoroda köpçilik savdo, hunarmandlik bilan şuğullanadi va yirik korxonalar taşkil etadi. Lekin hamma hududlarning öziga xos bölgan muammolari bor. Tadbirkorlarni, pandemiyani hisobga olmaganda ham, nima masalalar qiynab kelmoqda?

– 4 yil oldin tadbirkorlardan sörasak, asosiy yetmayotgan narsa pul, mablağ va kommunikatsiya masalasi deyişardi. Xabaringiz bor, oxirgi 3-4 yilda kredit, resurs ajratiş kölami kengaydi. Yer masalasi auksion orqali hamda kiçik va erkin sanoat zonalari taşkil etilib, hal bölmoqda. Xususan, Buxoroning ikkita tumanida ham erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda va deyarli hamma tumanda kamida 2-3 ta kiçik sanoat zonasi bor. Joriy yilda ham 70ga yaqin kiçik sanoat zonalarini taşkil qilişni reja qilganmiz, ya'ni yer masalasi yeçilmoqda. Biroq boşqa tadbirkorlikni rivojlantirişda fuqarolarning bilim va könikmalari yetişmasligi muammosi közga taşlanyapti. Tadbirkorlikni rejalaştirib, daromad olişga, hisob-kitob qilişga könikma yetişmasligi.

– Biroq aksar tadbirkorlar bilan gaplaşganimizda aytadiki, birinçi navbatda ularni qonun ustuvorligi, ya'ni mulk daxlsizligi, huquqlar kafolati masalalari köp qiynaydi va infratuzilma joylarga yetkazib kelinmaganligi, joylarda buzilişlar borligi muammo, deydi.