«Kontexnazorat» tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlari hududlaridagi obektlarda xizmat tekşiruvlari olib borildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Buxoro viloyatining Şofirkon tumanidagi «Quljuqtov» va Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi «Tovşan» toğ massivlarida tekşiruvlar ötkazilgan. Jarayonda «Oltin Kon» MÇJ tasarrufidagi uşbu hududlarda begona şaxslar tomonidan noqonuniy oltin qazib oliş holatlari aniqlangan.
Holatlar yuzasidan töplangan materiallar asosida Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat IIB hamkorligida tezkor çoralar körilgan. Xususan, «Quljuqtov» massivida ötkazilgan tadbirda 37 nafar şaxs noqonuniy faoliyat yuritayotgan paytda qölga olingan.

Tadbir davomida Ford rusumli 3 ta maşina, 8 ta perforator, 6 ta kompressor va tarkibida oltin moddasi mavjud bölgan 400 qopga yaqin ruda hamda boşqa qölbola yasama asbob-uskunalar aşyoviy dalillar sifatida olingan. Noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga jami 20 mlrd sömdan ortiq zarar yetkazilgan aniqlangan.

















