Avstraliya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat chegarasi yil oxirigacha ochilmasligi mumkin deb hisoblamoqda
Mamlakatda vaksinatsiya fevral oxirlarida boshlanadi.
Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri Brendan Merfi aholini koronavirusga qarshi emlash rejadagidek sur'atlarda o‘tsa ham mamlakat chegaralari yil oxirigacha to‘liq ochilmasligini taxmin qilmoqda. Bu haqda BBC News xabar berdi.
Merfi 2020 yil martda chegaralarni to‘liq yopish tashabbusi bilan chiqqandi. U hozirda aholining aksariyat qismi koronavirusga qarshi emlanishi ham virus tarqalishini to‘xtata olmaydi deb hisoblamoqda.
Uning fikricha, mamlakatda transchegaraviy safarlarga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarning katta qismi yil oxirigacha saqlanib qoladi, xorijdan Avstraliyaga qaytmoqchi bo‘lgan mamlakat fuqarolari esa ikki haftalik karantin bo‘lish talabiga yana qanchadir muddat bo‘ysunishlariga to‘g‘ri keladi.
Yanvar boshlarida Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi 2021 yil iyuldan boshlanadigan reyslariga chipta sotishni boshlagandi.
Mamlakatda vaksinatsiya fevral oxirlarida boshlanadi.
Worldometers saytining ma'lumotlariga ko‘ra, Avstraliyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 28,7 mingta holat qayd etilgan, 900dan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
11:55 / 26.12.2024
Avstraliyada maktab bitiruvchilariga atom suvosti kemasidan ish taklif qilinmoqda
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
18:11 / 11.12.2024
Avstraliyadagi laboratoriyada o‘limga olib keluvchi viruslar solingan yuzlab flakonlar yo‘qoldi
00:26 / 11.12.2024