Bulung‘urda tarbiyalanuvchini urgan bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shatiladi. Bolaga sud ekspertizasi tayinlangan
17 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi bog‘cha tarbiyalanuvchisining yuziga va qo‘liga urayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Videoda holat Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13-sonli MTTda tasvirga olingani aytilgan. Tuman hokimligi va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan dastlabki o‘rganishlar olib borilganda hodisa Bulung‘ur tumanidagi 13-sonli MTTda sodir etilgani tasdiqlandi.

Samarqand viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi bog‘cha mudirasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qiladi. Jabrlanuvchi bolaga esa sudga oid ekspertiza tayinlangan. Bu haqda viloyat MTB axborot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan munosabatda ma'lum qilingan.
Joriy yil 17 yanvar kuni maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan birida tarbiyalanuvchi bolaning qo‘llari va yuziga ayol kishining urayotgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, holat Bulung‘ur tumanidagi 13-sonli MTTda sodir bo‘lgani ma'lum bo‘ldi. Biroq 17 yanvar yakshanba, ish kuni bo‘lmaganligi sababli holat bugun, 18 yanvar, dushanba kuni Bulung‘ur tuman hokimligi va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan joyida o‘rganilgan.
Munosabatda yozilishicha, hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazilganda bog‘cha mudirasi Rohatoy Ahrorova 2-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi M.Sh.ning ruhiyatiga bosim o‘tkazib, qo‘llari va yuziga urganligi ma'lum bo‘lgan. Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni 1-sonli MTT psixologi N.Atabayeva tasvirga olgan va tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga tarqatgan. Ota-onalar videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Voqea sodir bo‘lgan kuni 2-tayyorlov guruhi tarbiyachisi Dilfuza Mahkamova tushgacha ishda bo‘lmagan va bolalarga mudira R.A.ning o‘zi qarab turgan. Ana shu paytda u to‘polon qilgan bolani boshqa tarbiyalanuvchilar ko‘z o‘ngida urgan.
Ta'kidlanishicha, bugun mutasaddi tashkilotlar tomonidan 13-sonli MTTda surishtiruv davom etayotgan paytda mudira Rohatoy Ahrorovaning yuragi xuruj qilgan va u tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan shifoxonaga olib ketilgan. Bog‘cha mudirasi vazifasini vaqtincha bajarish oliy ma'lumotli tarbiyachi Mardiyeva Dilraboga uning roziligi asosida yuklatilgan.
«Tizimda kelgusida bunday salbiy holatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonov, tuman hokimligi va prokuraturasi bilan birga tuman MTT direktorlari hamda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mutasaddilari ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi. Samarqand viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan Rohatoy Ahrorovaga mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilish choralari belgilandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Xususan, Sh.M.ning qo‘llari va yuziga urgan holati yuzasidan sudga oid ekspertiza tayinlandi», deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iroqdagi fuqarolarini evakuatsiya qilayotgan AQSh, FSB va Telegram mojarosi hamda inqirozga yuzlanayotgan Isroil armiyasi – kun dayjesti
Jahon | 13:22
-
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Iqtisodiyot | 13:17
-
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevga keldi
Jahon | 13:01
-
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi
Jamiyat | 12:53
Mavzuga oid

07:50 / 25.01.2025
5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

10:17 / 03.12.2024
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi

13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi

13:23 / 15.10.2024