17 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda ayol kişi boğça tarbiyalanuvçisining yuziga va qöliga urayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Videoga bildirilgan izohlarda mazkur holat Samarqand viloyati Bulunğur tumanidagi 13-sonli MTTda tasvirga olingani aytilgan. Tuman hokimligi va viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi tomonidan dastlabki örganişlar olib borilganda hodisa Bulunğur tumanidagi 13-sonli MTTda sodir etilgani tasdiqlandi.
«Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ayol kişi maktabgaça ta'lim taşkiloti tarbiyalanuvçisining qöliga urayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Videoga bildirilgan izohlarda mazkur holat Samarqand viloyati Bulunğur tumanidagi 13-MTTda tasvirga olingani aytilgan. Uşbu videodagi holat böyiça tuman hokimligi hamda viloyat Maktabgaça ta'lim boşqarmasi tomonidan dastlabki örganiş olib borildi. Ma'lum bölişiça, jarayon haqiqatdan ham Bulunğur tumanidagi 13-MTTda sodir bölgan. Bugun, 17 yanvar, yakşanba, iş kuni bölmaganligi sababli, holat ertaga, 18 yanvar kuni joyida batafsil örganilib, qöşimça ma'lumot beriladi», deyiladi tuman hokimligi axborot xizmati 17 yanvar kuni tarqatgan xabarda.
Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Bulunğur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Bulunğur tumanidagi 13-sonli maktabgaça ta'lim muassasasining mudirasi tarbiyalanuvçilarni urganligi va MTTda sodir bölayotgan boşqa qonunbuziliş haqida xabar tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan Bulunğur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati taqdim etgan xabarda.
Kun.uz Bulunğurda sodir bölgan hodisa haqida izoh oliş uçun Samarqand viloyati maktabgaça ta'lim boşqarmasi axborot xizmati rahbari Umida Mamadaliyeva bilan boğlandi. Uning aytişiça, ayni damda viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi va tuman bölimi mutasaddilari Bulunğur tumanida 13-sonli MTTda sodir bölgan hodisa böyiça suriştiruv olib borişyapti. Suriştiruv natijalari tez orada batafsil e'lon qilinadi.
















