U oliy ta'lim tizimida sönggi yillarda erişilgan muhim ijobiy özgarişlarni e'tirof etgan, jumladan, bitiruvçilarni oliy ta'limga qamrab oliş darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetgani, ta'limning bakalavriat, magistratura va sirtqi şakllari uçun kvotalar oşirilib, keçki ta'lim şakli joriy etilganini qayd etib ötgan.

Şu bilan birgalikda, davlat va jamiyat boşqaruvida, ayniqsa joylarda professional kadrlar tanqisligi, aholi sonining ösiş sur'ati, oliy ta'lim tizimi infratuzilmasi va salohiyatining joriy holati navbatdagi va fundamental özgarişlarni taqozo etayotgani ta'kidlangan.

«Birinçidan, oliy ta'lim tizimini izçil nomarkazlaştiriş, davlat nazorati va iştirokini keskin qisqartiriş, ma'muriy mustaqillik bilan çeklanmasdan, akademik mustaqillik beriş uçun jiddiy qadamlarni qöyiş kerak. Vazirlikning ta'lim sifatini va davlat şartlari ijrosini nazorat qiliş funksiyasini saqlab qolgan holda, ma'muriy boşqaruv funksiyalaridan voz keçiş kabi irodali qarorlar qabul qilinişi kerak. Vazirlik ixçam va yuqori professional tarkibga ega bölişi va muvofiqlaştiruvçi rolni bajarişga ötişi lozim. 

Ikkinçidan, masofaviy ta'limni töliq joriy qiliş vaqti ham keldi. Buning uçun yetarli infrastrukturalarni yaratiş, qonunçilik va protseduralarda masofaviy ta'limga keng yöl oçiş, öquv yurtlari undan keng foydalanişlari uçun şart-şaroitlarni yaratiş zarur. Bu bitiruvçilarni oliy ta'lim bilan töliq qamroviga erişiş masalasini keyingi 10-15 yilda emas, 3-5 yil içida hal etiş, qolaversa, oliy öquv yurtlarining tölov-şartnoma miqdorini optimallaştiriş imkonini ham beradi.

Uçinçidan, oliy ta'lim xizmatlari bozorini yaratiş maqsadida barça iştirokçilar uçun tuşunarli, teng va adolatli şartlarni joriy qiliş zarur. Davlat tomonidan qöyiladigan şartlarini bajara oladigan, qonunçilikka amal qilişga tayyor barça iştirokçilarga sohaga investitsiya qiliş imkoniyati yaratilişi kerak.

Törtinçidan, ta'lim standartlarini qaytadan körib çiqiş, ta'lim sifatini nazorat qilişning zamonaviy boşqaruv yondaşuvlarini joriy qiliş lozim. Kerak bölsa, buning uçun dunyoning nufuzli universitetlaridan boşqaruvni rivojlantiriş böyiça maslahatçilar, menejyerlarni yollaş, eng asosiysi hukumat tomonidan zarur mablağlar ajratilişi zarur. 

Qolaversa, vazirlik oldida oliy ta'limni mehnat bozori bilan bevosita boğlaş, diplomlar beriladigan yönalişlarni qayta körib çiqiş, ilmiy salohiyatni oşirişni rağbatlantiriş bilan boğliq qator maşaqqatli vazifalar ham turibdi.