«O‘zbekneftgaz»: «Sho‘rtan» konidagi gazni dastlabki tayyorlash qurilmasiga zamonaviy metrologik jihozlar o‘rnatildi
Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli gaz konlaridan olinayotgan tabiiy gaz sarfi hisobini aniq yuritish maqsadida, «Sho‘rtan» koni 1 – sonli Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi separatorlarining chiqish gaz quvurlariga GOST 8.586–2005, O’zDst 8.028–2012 va O’zDst 8.077–2018 talablari asosida tayyorlangan diametri 426 millimetr bo‘lgan 5 komplekt va diametri 530 millimetr bo‘lgan 1 komplekt o‘lchov qatorlari montaj qilindi.
Ushbu o‘rnatilgan o‘lchov qatorlariga boshqarma ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda harorat, bosim va bosimlar farqi o‘lchov vositalari o‘rnatildi. Natijada analog kengaytiruvchi modul yordamida birlamchi o‘lchov vositalaridan kelayotgan signallar 2 dona zamonaviy «Floboss – 107» sarf o‘lchash vositalarida GOST 8.586–2005 asosida qayta ishlanib, tabiiy gaz sarfi hisoblab boriladi.
Separatorlarning chiqish qismi gaz quvurlariga o‘rnatilgan zamonaviy sarf o‘lchash asboblarining ishga tushirilishi Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi 1-navbatidan boshqarmaga uzatilayotgan tabiiy gaz miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Nazorat o‘lchov asboblari va metrologik jihozlarni montaj qilish ishlari «O‘zbekneftgaz» AJ va boshqarmaning malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024