Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 13 noyabrdan 170-sonli “Musaffo maskan – Rohat metrosi” avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘nalish Musaffo maskan va Suvsoz mavzelarini Rohat metro bekati bilan bog‘laydi.

Mazkur yo‘nalishda dastlab 3 ta MAN A22 rusumli avtobuslar qatnaydi. Yo‘nalishga “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi “1-avtobus saroyi” filiali xizmat ko‘rsatadi.

Yangi yo‘nalish aholiga massivlardan metro bekatigacha qulay va barqaror bog‘lanish taqdim etishi, kundalik qatnashni yengillashtirishi kutilmoqda.