Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxt bilan Toshkent viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
2025 yil 15 noyabrdan boshlab Toshkent shahri Janubiy vokzali va Toshkent viloyatining Niyozboshi mahallasi o‘rtasida 194-sonli yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalish poytaxt va yondosh hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash hamda tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan 2025 yil 9 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Toshkent viloyatining yondosh hududlarini poytaxt bilan bog‘lash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan 2025 yil 15 noyabrdan boshlab yangi 194-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushiriladi.
Yo‘nalish: Toshkent shahri, Janubiy vokzal — Toshkent viloyati, Niyozboshi mahallasi.
Ushbu yo‘nalishda zamonaviy Mercedes-Benz LF avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.
Harakat vaqti: ish kunlari: 05:30 – 23:10 (11 ta avtobus), shanba: 05:30 – 22:25 (10 ta avtobus), yakshanba: 06:07 – 22:02 (9 ta avtobus).
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasiga ko‘ra, yangi yo‘nalish aholi uchun qulay jamoat transporti imkoniyatlarini kengaytirish, shaxsiy avtotransportdan foydalanish zaruratini qisman kamaytirish hamda poytaxtga kundalik qatnovlarni ancha yengillashtirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
17:51 / 07.07.2026