Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda vafot etdi
Joriy yilning 19 yanvar kuni taxminan soat 09:15larda Chilonzor tumani Baynalmilal ko‘chasida (“Charx Kamolon” mahallasi ro‘parasida) yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, 36 yoshli A.X. "Midibus SAZ/NP-37" rusumli mikroavtobusni boshqarib ketayotganida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 57 yoshli M.T.ni urib yuborgan.
Natijada, tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan. YTH sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
13:57
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026