Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV xorijga chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qalbaki hujjatlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
Ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston fuqarolarining chet el mamlakatlari xalqaro aeroportlariga borishi bilan xorijda davolanish uchun kasallik to‘g‘risidagi soxta hujjatlarni hamda koronavirusni aniqlash uchun o‘tkazilgan PZR test manfiy natijasi ko‘rsatilgan qalbaki ma'lumotnomalarni taqdim qilayotganiga oid holatlar haqida xabarlar tarqalmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, mazkur holat fuqarolarning xorijiy mamlakat hududiga kiritilmasligi uchun asos hisoblanadi. Shuningdek, qalbaki hujjatlar O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonini ham qiyinlashtirmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xorijiy mamlakatlarga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan begona shaxslarning qalbaki tibbiy ma'lumotnoma va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishda «yordamlashish» borasidagi takliflariga ko‘nmaslikni so‘ragan.
Shu bilan birga, chet elga safarga chiqishdan oldin o‘sha mamlakatda joriy qilingan cheklov choralari va talablar bilan sinchiklab tanishib chiqish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
15:08 / 14.01.2026
Solovyov O‘zbekistonda nomaqbul shaxs deb e’tirof etilishi kerak - Bobur Bekmurodov
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
23:08 / 03.01.2026