Sönggi vaqtlarda özbekistonliklar örtasida daromad oliş maqsadida sport öyinlariga pul tikuvçilar soni sezilarli darajada ortgan. Öyinda yutqazib, uy va mol-mulklarini sotgan, jinoyatga qöl urgan va hatto öz joniga suiqasd qilganlar haqida köplab xabarlar tarqalmoqda. Şunga qaramay, Özbekistonda bu turdagi öyinlarni qonuniylaştiriş borasida harakatlar davom etmoqda.
Sport öyinlariga pul tikişni legallaştiriş heç kimga naf keltirmaydi, deydi sport jurnalisti Jamoliddin Bobojonov. Uning ta'kidlaşiça, totalizator kompaniyalari tölaydigan soliq – professional sport uçun arzimagan pul, bu işlar bilan şuğullanuvçi mutaxassislarning birortasi totalizatorni qonuniylaştiriş ortidan katta pullar sportga kelmasligini aytgan.
Kazino heç qaçon yutqazmaydi deganlaridek, bukmekerlar ham heç qaçon yutqazmaydi, deydi u.
“Bizga eng yaqin Rossiya misolida olib qarasak, reklama beruvçilar köproq pul topyapti xolos. Professional futbolga yoki sportning boşqa turlariga katta daromad olib kelmayapti. Holbuki, aholisi biznikidan köp va katta qismi musulmon bölmagan mamlakat, şuningdek, ularning e'tiqodi, dunyoqaraşi jihatidan ham tösqinlik yöq. Lekin professional sportga totalizator orqali katta mablağlar kirib bormaydi.
Özimizga keladigan bölsak, buni legallaştiriş bilan sportga pul tikib qimor öynayotganlar sonini köpaytiramiz. Undan na davlatga, na sportga, na yoşlar tarbiyasiga biron-bir naf yöq. Kimdir bu pullarni professional sportga yönaltiramiz, qöşimça pul desa, katta xato qilgan böladi, nazdimda.

















