Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish holatlari soni o‘smoqda
Mamlakat bo‘yicha kasallik yuqtirganlar soni 171 232 nafarni tashkil etmoqda.
Foto: Anadolu Agency
Qozog‘istonda bir sutkada 1134 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Shu bilan birga 948 kishi sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 155 397 nafarga yetgan.
Mamlakat bo‘yicha kasallik yuqtirganlar soni 171 232 nafarni tashkil etmoqda.
Yanvar o‘rtalarida Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi mahalliy vaksina QazCOVID-in’ni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Nurlibek Asilbekovning ma'lum qilishicha, yaqin orada Rossiyada ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025