Beştolda Çortoq tumani xalq ta'limi bölimiga qaraşli 39-umumta'lim maktabining Buloqboşi filiali faoliyat yuritadi. Muassasa binosi va hovlisini körib uni ta'lim dargohi deyişning özi qiyin. Yomğir yoğsa botqoqqa aylanadigan, quyoş çiqsa çangiydigan hovli, asosiy va qöşimça binolar esa körinişidan omborxonaga öxşaydi.

Qiz va öğil bolalar uçun bittagina şaroiti bölmagan hojatxona. Öquvçilar qöl yuvişi uçun suvning özi yöq.

Filialda ikkita sinfxona mavjud. Xonalarning birida umumlaşgan holda 1 va 3-sinflar, yana birida esa 2 va 4-sinf öquvçilariga dars ötiladi. Bir sinfxonada bir öqituvçi bir vaqtda bir doskani ikkiga bölib ikki sinfga dars ötişi biz uçun kutilmagan holat böldi.

«Sinfimizda 9ta 2-sinf va 8ta 4-sinf öquvçilari öqiydi. Komplekt sinf. Oldindan şunday tartibda öqitib kelganmiz. Men özim ham yoşligimda mana şu filialda öqiganman. 30 yildan buyon mana şu holat. Lekin «Yangi Özbekiston – yangiça dunyoqaraş» şiori ostida bölayotgan özgarişlar jarayonida turli mutasaddi taşkilotlar rahbarlari, tuman hokimi, viloyat hokimi, hattoki xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov ham taşrif buyurdi.

2021-2022 öquv yilida yangi maktabda öqişni niyat qilyapmiz. Biz ham yaxşi imkoniyatlarda, yaxşi şaroitlarda, zamonaviy jihozlangan, isitilgan sinfxonalarda işlaşni orzu qilyapmiz.

Bir xonada ikkita sinfga dars beriş qançalik qiyinligi haqida aytmasam ham böladi. 2000 yilda öqişni bitirib kelib, 2004 yilda mana şu maktab filialida öqituvçilik faoliyatimni boşlagandim. 16 yildan beri şu yerda işlayman. Öquvçilarim maktabni bitirib, oliy öquv yurtlariga öqişga kiryapti. 1-kurs talabalari, 2-3-kurs talabalari orasida bizning sobiq öquvçilar bor.

Öqituvçilarni-ku, mayli, qöyavering, beçora bolalarni körib rahmim keladi. Çunki bular ham Özbekiston bolalari. Ular ham çiroyli, zamonaviy tipdagi maktablarda bilim oliş huquqiga ega», deydi sinf rahbari Gulnora Abdurazzoqova.

Maktab öqituvçilari bölgan Baxtiyorjon Ahmedov va Nilufar Dehqonboyeva ham maktabda birlamçi şaroitlar, isitiş tizimi yöqligi, filialda boşlanğiç sinflarni tugatgan öquvçilar katta qiyinçiliklar bilan 5 kilometr uzoqlikdagi 39-maktabga borib öqişini aytib ötişdi.

Öqituvçilar atrofdagi «Buloqboşi», «Qumriobod», «Örikzor» va «Boyqişloq» mahallalarining har birida 100dan ziyod xonadonlar borligi, hududga allaqaçon yangi maktab quriş zaruriyati tuğilganini bildirişdi.

Qişloq uluğlaridan Abdurazzoq Arslonbekov va Buhajal Mamayunusova farzandlari, nabiralari öqiyotgan maktabning ahvoli juda yomonligidan arz qilişdi. «Qiş faslida öquvçilarga «ötin soliği» solinadi. Şunaqa ham böladimi? Axir bu davlat maktabi-ku?», deydi Abdurazzoq Arslonbekov.

Qumrioboddagi filialning ahvoli yanada oğirroq

«Beştol» mahallasidagi maktabda bölib turganimizda qöşni «Qumriobod» mahallasida yaşovçi aholi vakillari kelib qolişdi. Ular öz hududlaridagi maktab-filialning holati bundan-da oğirligini aytib, u yerga borişimizni iltimos qilişdi.

10-maktabga qaraşli bu filialning holati ham öta açinarli edi. Maktab binosi va hovlisi xarob holatda. Sinfxonalar sovuq, bolalar qişki kiyimlarda ötirişibdi. Hojatxona va gigiyena masalasi bir ahvolda... 

«Biz qumriobodliklar ham mustaqil Özbekiston fuqarolarimiz. Bolalarimiz qanday şaroitda öqişini kördinglar. Bitta xonada ikkitadan sinf öqiyapti. Hojatxonaning ahvolini köring. Qöl yuvişga şaroit yöq. Hojatdan çiqib, qölni yuvmay, töğri darsga kirib ketaverişadi.

Yöllarimiz ham abgor. Farzandlarimiz 4-sinfdan keyin 8 kilometr joyga piyoda borib 39-maktabda öqib kelişadi. Hozir quruqçilik, borib kelişyapti. Yomğir yoki qor yoğsa yöl atalaga aylanadi. Ikkinçi smenada qolib ketgan bolalarimizga juda qiyin böladi. Ular qoronğida qaytişadi.

Boğça yöq. Mahalladagilar yiğilib, nevaralarimizni 10 kilometr uzoqdagi yasliga berdik. Navbat bilan ertalab soat 8da olib borib, keçki soat 4da olib kelamiz», deydi Tojimirza Rahmonberdiyev.

Mahalla ayollari ham öz dardlarini tökib-soçişdi. Qumriobod muammolar içida qolgan. Mahallada içimlik suvi, maktabgaça ta'lim muassasasi, tibbiyot maskani yöq.

«Sizlarga 30 yillik muammolarni aytsam. Na maktabimiz bor, na meditsina va na suv. Patronaj 8 kunda bir keladi. Katta yoşdagilar köp. Köpçilikda qon bosimi bor», deydi Dilbarxon Turğunova.

Maktab öqituvçilari ota-onalarga yaqinda hokimiyat vakillari kelib, qişloqqa 2021 yilda yangi maktab binosi qurilişi haqida ma'lumot berişganini aytişdi. Lekin ota-onalar köp yillardan beri mutasaddilarning şu kabi va'dalaridan çarçab, işonmay qöyişgan.

«Öqituvçilar «Yangi qaror çiqdi. Qişloğimizga 2021 yilda yangi maktab tuşadi» deyişdi. Bunga bitta men emas, butun xalq işonmaydi. Işonmayotganimning sababi şuki, 2005 yilda men şu maktabda 4-sinfda öqirdim. Öşanda ham yangi maktab qurilişi, 2006 yilda ikki qavatli zamonaviy maktabda öqişimizni aytişgan. Lekin oradan 15 yil vaqt ötdi, endi özimning farzandim ham men öqigan maktabga borişni boşladi.

Xalqning işonmayotgani şundaki, bundan 15 yil oldin ham xuddi hozirgi gapirilayotgan gaplar, va'dalar bölgan. Lekin natija körinmadi, maktab öşa ikki xonali maktabligiça qoldi», deydi Ahmadjon Ahmadjonov.

Boşlanğiç sinf öquvçilari bitta sinfga birlaştirilişi mumkinmi?

Ma'lumki, sinflar Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlariga asosan komplektlaştiriladi.

Kam komplektli umumta'lim muassasalarida (filiallarda) boşlanğiç sinf öquvçilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlaştirilişi mumkin - öquvçilar soni 8 nafargaça bölgan I ― IV sinflar, öquvçilar soni 12 nafargaça bölgan uçta boşlanğiç sinf, öquvçilar soni 24 nafargaça bölgan ikkita boşlanğiç sinf (I va III, II va IV sinflar).

Yana tegişli hujjatlarda «Namunaviy loyihalar böyiça qurilmagan, moslaştirilgan binolarda joylaşgan, öquvçilar soni yetarli bölmagan umumta'lim muassasalarida, olis (toğli, çölli) hududlarda joylaşgan umumta'lim muassasalarida, şuningdek, özbek tilida öqitilmaydigan umumta'lim muassasalarida öquvçilar soni sinflarni komplektlaşning öziga xos şart-şaroitlaridan kelib çiqib, hududiy xalq ta'limi bölinmalari va hududiy moliya organlari bilan kelişilgan holda belgilanadi», deya körsatib ötilgan.

Körinib turibdiki, sinflarni birlaştirib öqitiş qonunda belgilab qöyilgan.

Biz şuning uçun maktab filiallarida öquvçilar yaxşi ilm olişlari uçun umuman şaroit yöqligiga urğu berdik. Çekka qişloq aholisi farzandlarini davlat budjetidan moliyalaştiriladigan ta'lim muassasalariga berib, boşqa maktablardagidek şaroit talab qilişga haqqi bor-ku?

Bundan taşqari, bir-biriga yaqin bölgan uçta mahallada 300dan ziyod xonadon istiqomat qiladi. Uç mahallaga 350 örinli yangi maktab qurilişi mumkin.

Viloyat va tuman hokimligi hududda maktabgaça ta'lim va tibbiyot muassasalari yöqligi, içimlik suvi, yöl muammolarini hal qilişga bel boğlasa bölar edi.    

Umid qilamizki, «Beştol» va «Qumriobod» mahallasi farzandlari ham barça qulayliklarga ega ta'lim dargohlarida bilim olişni boşlaydi...

Elmurod Ermatov, Kun.uz maxsus muxbiri
Tasvirçi - Jahongir Mahmudov