Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanida ro‘y bergan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot taqdim etdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yil 19 yanvar kuni taxminan soat 21:30da Yuzrabot va Kozeva ko‘chalari kesishmasida ikkita transport vositasi, 23 yoshli I.D. boshqaruvidagi Damas va 29 yoshli B.R. boshqaruvida ishonchnoma asosida bo‘lgan “VAZ-2115” avtomobillari to‘qnashuvi ro‘y bergan.
YTH sababli “VAZ-2115” rusumli avtomobil yo‘lovchilari, 18 yoshli D.B. va 19 yoshli M.J. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Bundan tashqari, “VAZ-2115” haydovchisi va yo‘lovchi, 27 yoshli Sh.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
YTHning taxminiy sababi: Damas haydovchisi burilish vaqtida to‘g‘ri yo‘ldan harakatlanib kelayotgan “VAZ-2115” avtomobiliga yo‘l bermagan. Natijada, “VAZ-2115” boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga kelib urilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:59 / 05.05.2026
Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
15:39 / 26.04.2026
Jomboyda mast haydovchi YTH sodir etdi
17:48 / 23.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning hokim bo‘lib ishlagan davrdagi xizmat kabineti va xizmat avtomobili ko‘rsatildi
09:44 / 19.04.2026