Shavkat Mirziyoyev: Qarsakda haqiqat yo‘q, haqiqat – muloqotda
Davlat rahbari 21 yanvar kuni Buxoro viloyatining Olot, Qorako‘l, Jondor va Shofirkon tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashdi. Yig‘ilishda nafaqat bu tumanlar, balki butun viloyat va respublika miqyosidagi masalalar ham muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Chetda yurgan yuz minglab fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimiz meni qattiq o‘ylantiradi. Ular ko‘pi bilan 500 dollar ishlashadi. Men ularning xorijga borishiga qarshi emasman, borsin. Lekin biror hunar o‘rganib, til bilib borsin. Shunda xor bo‘lmaydi, oyiga kamida 1000 dollar ishlaydi. O‘ziga 300 dollarni olib qolsa, 700 dollarini oilasiga jo‘natadi.
Mana, hozirgi kunda Kanada bilan muzokaralar olib boryapmiz. Oddiy ishchilarga 2000 dollar maosh beramiz, deyishyapti. Lekin sharti bor – til va ish bilish kerak. Biz ana shu talablarga javob bera olamizmi?
Qachongacha yurtdoshlarimiz eng oddiy ishlarni qilib yurishadi?! Mana shu masalalarni muloqot yo‘li bilan hal qilishimiz kerak. Haqiqat - muloqotda, qarsakda haqiqat yo‘q.
Olotga qo‘nishdan oldin vertolyotda aylanib chiqdim. Hovlilar bo‘m-bo‘sh. Agar mana shunday yerlar vodiyda bo‘lsa, ular har qarichga issiqxona qilib tashlagan bo‘lardi. 10 sotix yer bilan 10 kishini boqish mumkin. Bir qismiga issiqxona, bir qismiga tovuqxona, quyonxona qilib qo‘yish qiyinmi?
Men bosh vazir bo‘lib Toshkentga borganimda hovlida tovuq boqqanman. Kimlardir “mumkin emas”, deb ham ko‘rishgandi. Kerak bo‘lsa haligacha boqaman, farzandlarim, nabiralarim o‘rganadi.
Yoki quyonchilikni olaylik, hozir qancha davlatlar quyon go‘shtini so‘rayapti, lekin quyon yo‘q. Boqib ko‘paytirsak, daromad qilsak bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi”, – dedi prezident yig‘ilganlarga qarata.
Mavzuga oid
12:03
Buxoroda gaz portlashi: bir oiladan 2 kishi vafot etdi, 2 kishi kuyish jarohatini oldi
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024