Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil koronavirusning yangi turlari sababli bir haftaga xalqaro aviaaloqani to‘xtatadi
Isroilda koronavirusning yuqumliroq yangi mutatsiyalari tarqalishi sababli xalqaro aviaaloqani to‘xtatishga qaror qilindi. Aviaaloqa 26 yanvardan 31 yanvargacha to‘xtatiladi.
Ushbu qarorni vazirlar mahkamasi ma'qullagan.
“Biz dunyo bo‘yicha eng oldindamiz. Birorta millat biz qilmoqchi bo‘lgan ishni qilmagan – biz mamlakatni taqa-taq yopamiz”, deb aytgan hukumat yig‘ilishida bosh vazir Binyamin Netanyaxu.
Shu bilan birga, ushbu taqiqlov xorijdan keluvchi yuk samolyotlari va tez tibbiy yordam xizmatlari parvozlariga taalluqli bo‘lmaydi. Isroildan bir qator holatlar bo‘yichagina uchib ketish mumkin bo‘ladi: xorijda davolanish, masofadan bajarish mumkin bo‘lmagan ish bo‘yicha, sud taftishlarida ishtirok etish, oila a'zolarining dafn marosimida ishtirok etish uchun yoki ko‘chib o‘tish holatida.
Ushbu qarorni endi parlamentning iqtisodiyot va konstitutsiya masalalari bo‘yicha komissiyasi ma'qullashi kerak.
Isroilda 8 yanvardan beri qat'iy karantin amal qilib kelmoqda. Aholiga o‘z yashash joylarini tark etish, bir xonada 5 kishidan va ochiq havoda 10 kishidan ko‘proq bo‘lib yig‘ilish taqiqlangan. Bundan tashqari, fuqarolar uylaridan zaruratsiz bir kilometrdan ko‘proq masofaga uzoqlasha olmaydilar. Aks holda ularga 500 shekel (150 dollar) miqdorida jarima solinishi mumkin. Karantin 31 yanvargacha davom etadi.
Avvalroq Isroilda koronavirusning yangi shtammi aniqlangani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026