O‘zbekiston | 15:33 / 25.01.2021
19619
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga Erondan iliq havo oqimi kirib keladi

Oldingi hafta oxirida sovuq ob-havoni vujudga keltirgan antitsiklonning sovuq periferiyasi ta'siri pasaya boshladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun va ertaga respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari quyosh havo harorati 3-8 daraja iliq bo‘ladi, kechalari esa 3-6 daraja sovuq atrofida, ba'zi joylarda 8 daraja sovuq bo‘ladi.

Keyingi kunlarda respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 
     
Barcha hududlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi, bu iqlim me'yorlaridan 4-6 darajaga yuqoridir.
    
25-27 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid