Uzbekistan Airports Xalqaro aeroportlar kengashiga qo‘shildi
O‘zbekistonning Xalqaro aeroportlar kengashi − Airports Council International’ga qo‘shilish bo‘yicha onlayn muzokaralar 2020 yil oxirida bo‘lib o‘tgan. Unda «Uzbekistan Airports» AJ boshqaruv raisi Ravshan Ismoilov va ACI bosh direktori Stefano Baronsi qatnashgandi.
Tashkilotga O‘zbekiston tomoni taqdim etgan hujjatlar ma’qullanib, a’zolik talablarining bajarilishi va keyingi vazifalar kelishildi.
«ACI'ga a’zolik taqdim etilayotgan xizmatlarning ishonchliligini kafolatlaydi. Mamlakat havo transporti tizimini isloh qiladi, sanoatni xalqaro standartlarga moslashtiradi, turizmni rivojlantiradi va investitsiyalar oqimini tezlashtiradi.
Shuningdek, ACI tajribasi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha global choralarni ko‘rish, yo‘lovchilarni pandemiya xavfidan ogohlantirish va himoya qilish bo‘yicha samarali dasturlarni ishlab chiqishga imkon beradi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, Xalqaro aeroportlar kengashi 1991 yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Kanadada joylashgan. Tashkilot 670 a’zoni birlashtirib, 176 mamlakatda 1 979 aeroportga xizmat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
12:10 / 10.10.2024
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchi tashish hajmi 33 foizga oshdi
20:48 / 09.10.2024