Saksovulzorlar, töqayzorlar oralab borarkanmiz, sörab-sörab Makkani topibdi, deganlaridek, biz ham söray-söray Qizilözak ovul fuqarolar yiğinida istiqomat qilib keluvçi onaxon – Juzimgul momo Alimbetovaning uylariga kun asrdan oqqanda yetib keldik.
Odatga köra, xayrli duodan söng, hol-ahvol sörab, qişning sovuq kunlarini qanday ötkazayotganlariga qiziqamiz.
Ovulga gaz quvurlari 1993 yilda tortilgan va bir vaqtlar unda zangori olov oqqan, ammo tabiiy gaz berilmayotganiga 10 yillar bölgan.

«Gaz ballonlari bir oydan ötganda, bir yarim oyda bir yetkaziladi», – deydi Juzimgul momo.
74 yoşni qoralab qolgan momo 4 öğil, 3 qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Qizlarini uzatib, öğillarini uylantirgan. Sobiq ittifoq davrida Oktabr sovxozida şoli yetiştirilgan.
Momoning 4 öğli ham fermerlar qölida işçi. Bir qizidan 1-guruh nogiron qiz nevarasi bor.

«Televizorda köramiz, bayramlarda nogironlarning holidan borib xabar olişadi. Yaqinda nogironlar kuni ham böldi. Ammo bizning bu yerlarda xabar olişmaydi-da. Nogironning özi bilmasa ham qarab turganning köngli kötarilib qoladi-da. Heç bölmasa, tuman markaziy şifoxonasidan şifokor yiliga bir marta kelib, xabar olib ketsa ham mayli edi. Aksinça, şifokor özini olib keling, deydi. Lekin ovuldagi patronaj şifokor kelib turadi», – deydi Juzimgul momo.
«1999 yilda turmuş örtoğim vafot etdi, 7 farzandni uyli-joyli qiliş taşvişi meni qaritib qöydi. Allohning inoyati bilan işladim, ter tökdim, hammasidan qutuldim. Katta öğlimning ikki farzandi qolgandi. Ularni ham uyli-joyli qildim. Ularning ikki nafardan farzandlari bor. 26 nevara va 7 çevaram bor», – deydi momo.

75 xöjalik yaşaydigan ovulda boşlanğiç maktab bor. Ovul bolalari 5-sinfdan boşlab 7 km uzoqlikdagi boşqa maktabga qatnay boşlaydi. Maktabga boriş uçun ertalab soat 7da yölga çiqiladi. Qaysi bir öquvçi piyoda, boşqasi velosipedda, yana kimdir eşakda maktabga qatnaydi.





















