O‘zbekiston | 09:03 / 26.01.2021
3551
2 daqiqa o‘qiladi

943 mlrd so‘mlik 139ta loyihani amalga oshirish muddati uzaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
 
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi rayosatining 2020 yil 22 oktyabrdagi 126-son majlisi bayoni 26-bandining ikkinchi xatboshi ijrosini ta'minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Qaror loyihasining maqsadi 2020 yil mamlakatda yuzaga kelgan pandemiya oqibatlarini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 13 martdagi 149, 150, 151 va 152-son qarorlaridagi loyihalarni ishga tushirish muddatlarini uzaytirish hamda istiqbolsiz deb topilgan loyihalarni o‘rindosh loyihalar bilan almashtirishdan iborat.

Qaror loyihasida umumiy qiymati 943,4 mlrd so‘mlik 139ta loyihaning amalga oshirish muddatini uzaytirish ko‘zda tutilmoqda, natijada 2 526ta ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, istiqbolsiz deb topilgan umumiy qiymati 3,4 mlrd so‘mlik 17ta loyiha o‘rniga o‘rindosh bo‘lgan, umumiy qiymati 7,9 mlrd so‘mlik loyihalarni amalga oshirish orqali 43ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid