Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Neksiya»da portlagan gaz ballon yana 4ta avtomobilga zarar yetkazdi
Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 16:50larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bo‘z 2 dahasi 6a-uy qarshisida to‘xtab turgan, haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan J.K. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilning gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, portlash natijasida ushbu avtomobil yaqinida to‘xtab turgan “Neksiya-3”, "Spark" va ikkita "Matiz" rusumli transport vositasi texnik shikastlangan.
Portlash natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVB va IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, portlash sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
09:02 / 16.07.2026
Mustaqillik shohko‘chasida harakat sxemasi vaqtincha o‘zgaradi
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026