Toşkent şahar hokimligi ma’lum qilişiça, Mustaqillik şohköçasida yöl infratuzilmasini yaxşilaş, transport oqimini tartibga soliş va jamoat transporti harakati uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida quriliş-ta’mirlaş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Avvalgi bosqiçda köçaning bir tomonidagi qatnov qismi töliq ta’mirlanib, yöl qoplamasi yangilandi. Şuningdek, köça böylab muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va boşqa infratuzilma obektlarini takomillaştiriş işlari ham davom etmoqda.
Endi esa köçaning ikkinçi tomonida ta’mirlaş işlarini boşlaş uçun harakat tartibi özgartiradi.

Şu munosabat bilan 2026 yil 16 iyul soat 01:00 dan 31 iyul soat 22:00 gaça Mustaqillik şohköçasining Parkent köçasi kesişmasidan Mirzo Uluğbek köçasi çorrahasigaça bölgan qatnov qismi transport vositalari harakati uçun vaqtinça yopiladi.
Ayni paytda 16 iyul soat 02:00 dan quriliş-ta’mirlaş işlari yakunlangan Mirzo Uluğbek köçasi kesişmasidan Oqqörğon köçasigaça bölgan yönaliş barça transport vositalari harakati uçun qayta oçiladi.
Ma’lum qilinişiça, vaqtinçalik çeklovlar Mustaqillik şohköçasini töliq va sifatli rekonstruksiya qiliş, harakat xavfsizligini oşiriş hamda haydovçilar, yölovçilar va piyodalar uçun zamonaviy va qulay yöl infratuzilmasini yaratiş maqsadida joriy etilmoqda.
Mas’ullar haydovçilardan yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklar uçun uzr sörab, yönalişlarini oldindan rejalaştirişni tavsiya qildi.

















