Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruğiga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlaridan öqişni köçiriş böyiça maxsus sinovlar uçun ta’lim sohalari va yönalişlari kesimida ötiş ballari tasdiqlandi.
Unga köra, «Huquq» ta’lim yönalişi uçun ötiş bali 165 ball etib belgilangan. «Siyosatşunoslik», «Xalqaro munosabatlar» hamda «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» yönalişlarida öqişni köçiriş uçun kamida 140 ball töplaş talab etiladi.
«Soğliqni saqlaş» sohasi uçun ötiş bali 132 ballni taşkil etadi. «San’at», «Ijtimoiy fanlar», «Jurnalistika» hamda «Biznes va boşqaruv» yönalişlari uçun esa 105 ball belgilangan.
Şuningdek, «Transport xizmatlari» böyiça ötiş bali 104 ball, «Ta’lim», «Gumanitar fanlar», «Tillar», «Atrof-muhit», «Matematika va statistika», «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» hamda «Ijtimoiy ta’minot» sohalari uçun 94 ball qilib tasdiqlangan.
«Biologik fanlar», «Fizika» va «Xizmat körsatiş» sohalarida ötiş bali 80 ball, «Muhandislik», «Işlab çiqariş» va «Arxitektura» yönalişlarida 75 ball etib belgilandi.
Bundan taşqari, «Qişloq, örmon va baliq xöjaligi» hamda «Mehnat muhofazasi» uçun 70 ball, «Veterinariya» ta’lim yönalişi uçun esa 60 ball talab etiladi.
Vazirlik xorijiy davlatlarning oliy ta’lim taşkilotlaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalarining mos yoki turdoş bölmagan bakalavriat ta’lim yönalişlariga öqişni köçirişga ruxsat etilmasligini ham eslatdi.

















