Jahon | 23:39 / 27.01.2021
13356
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusni bir daqiqada yo‘q qiladigan vosita ishlab chiqildi

Sinov natijalari sprey og‘iz va burun bo‘shlig‘idagi yangi koronavirusni o‘ldirishini ko‘rsatdi. Spreyning zudlik bilan ta'sir ko‘rsatishi virusning hujayralarga kirishining oldini oladi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiyaning Uludag‘ universiteti olimlari SARS-CoV-2 koronavirusini bir daqiqa ichida o‘ldiradigan burun spreyini ishlab chiqishdi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Genoxyn vositasi universal bo‘lib, turli patogenlar, jumladan virus va bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi, deb yozmoqda Daily Sabah nashri.

 Qayd etilishicha, antibakterial vositani ishlab chiqish COVID-19 pandemiyasidan oldin boshlangan, keyinroq olimlar burun va og‘iz spreyini virusga qarshi kurashish uchun takomillashtirishgan.

Sinov natijalari sprey og‘iz va burun bo‘shlig‘idagi yangi koronavirusni o‘ldirishini ko‘rsatdi. Spreyning zudlik bilan ta'sir ko‘rsatishi virusning hujayralarga kirishining oldini oladi.

Xabar qilinishicha, u inson to‘qimalariga muvofiq keladi, epiteliy hujayralariga zarar yetkazmaydi va xavfsiz hisoblanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid