Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyalik olimlar qon ketishini bir zumda to‘xtatadigan sprey ishlab chiqishdi
Sprey o‘q tegishi yoki shilinish oqibatida hosil bo‘lgan yaralar va chuqur jarohatlar, shuningdek jgut yoki tamponlar samarasiz bo‘lgan holatlarda ayniqsa samarali hisoblanadi.
Koreyaning Advanced Institute of Science and Technology (KAIST) instituti olimlari qon ketishini bir zumda to‘xtata oladigan yangi sprey ishlab chiqishdi.
Tadqiqot guruhining bildirishicha, ushbu sprey qon bilan reaksiyaga kirishib, uni bir soniyadan kam vaqt ichida yumshoq gelsimon laxtaga aylantiradi.
Sprey o‘q tegishi yoki shilinish oqibatida hosil bo‘lgan yaralar va chuqur jarohatlar, shuningdek jgut yoki tamponlar samarasiz bo‘lgan holatlarda ayniqsa samarali hisoblanadi.
Sprey asosini AGCL deb nomlangan kukun tashkil etadi. U uchta tabiiy komponentdan iborat. Birinchisi - dengiz suvo‘tlaridan olinadigan alginat bo‘lib, qon bilan kontaktda gel hosil qiladi. Ikkinchisi — bakteriyalar ishlab chiqaradigan gellan kamedi bo‘lib, u gelni mustahkamlashga yordam beradi. Uchinchisi xitozan — qisqichbaqasimonlar va hasharotlar qobig‘idan olinadi. U musbat zaryadga ega bo‘lib, qizil qon tanachalari va trombotsitlarni o‘ziga tortadi hamda qon ivishini tezlashtiradi.
Ular birgalikda yarani bir lahzada germetiklab, organizmning tabiiy tiklanish jarayonini kuchaytiradi.
Sprey hozircha tadqiqot bosqichida, ammo sinovlar natijalari umidbaxsh ekanligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
14:00 / 29.01.2026
Autodonorlik tartibi tasdiqlandi: donor qoni zaruratda donorning o‘ziga ishlatiladi
16:32 / 27.09.2024
Amerikalik olimlar grippdan himoya qiladigan burun spreyini ixtiro qildi
09:49 / 22.05.2024
Minglab britaniyaliklarga qon quyishda yuqtirilgan kasalliklar uchun tovon puli to‘lanadi
14:43 / 25.04.2024