Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti bilan onlayn uchrashuv o‘tkazadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chjye In 28 yanvar kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi.
O‘zbekiston tomoni tarqatgan axborotga ko‘ra, muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama alohida strategik sheriklik munosabatlarini, mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi sherikligini rivojlantirishga doir masalalar o‘rin olgan.
Bo‘lajak muloqotlar va qo‘shma tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqiladi.
Sammit yakunida raqamli texnologiyalar, loyihalashtirish faoliyati, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlarga oid qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026