Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri karantin vaqtida tungi klublarga borgan amaldorlar uchun uzr so‘radi
Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga karantin cheklovlariga qaramay tungi klublarga borgan amaldorlar uchun uzr so‘radi.
Ma'lum qilinishicha, Yaponiyaning hukmron koalitsiyasidan bir necha amaldor hukumat restoran va barlarga tashrif buyurish bo‘yicha keskin cheklovlar kiritganiga qaramay, tungi klublarda vaqtichog‘liq qilgan. Cheklovlarga ko‘ra, restoran va barlarda spirtli ichimliklar sotish 19dan keyin to‘xtatiladi, ularning ish vaqti esa 20gacha qisqartirilgan.
“Biz odamlarga soat 20dan keyin uylarida o‘tirishni va keraksiz sayrlardan tiyilishni so‘ragan bir paytimizda bunday bo‘lganidan juda afsusdaman. Har bir qonun chiqaruvchi jamiyat tomonidan to‘g‘ri qabul qilinish uchun o‘zini munosib tutishi lozim”, deb aytgan Suga.
Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasidan Dzyun Matsumoto 25 yanvarda Tokiodagi tungi klublarga tashrif buyurganini tan olgan amaldorlardan biri bo‘ldi.
“Biz qolganlarni sabrli bo‘lishga chorlagan bir paytda mening bu ishim loqaydlik hisoblanadi”, deb aytgan deputat.
Avvalroq Yaponiyada koronavirusning yuqumliroq “britan” varianti aniqlangandan keyin poytaxt Tokio va uning atrofidagi shaharlarda bir oyga favqulodda vaziyat rejimi kiritilishi e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026