O‘zbekiston | 08:17 / 28.01.2021
3259
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda joylashtirish vositalari soni 3 mingtadan ko‘proqqa oshdi - Turizm qo‘mitasi 

O‘zbekistonda joylashtirish vositalari sonining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabarida aytiladi.

Bildirilishicha, 2020 yilda joylashtirish vositalari soni 3 mingtadan ko‘proqqa oshdi. 2016-2020 yillarda O‘zbekistondagi umumiy mehmonxona xonalari fondi 18,1 mingtadan 29,2 mingtaga oshdi, umumiy o‘sish ko‘rsatkichi esa 11 ming xonaga, ya'ni 1,6 baravar oshdi. O‘sishning o‘rtacha sur'ati yiliga 10-11 foizni tashkil qilgan. 

O‘tgan yillardagi o‘sish sur'atlaridan kelib chiqib, 2021 yilda mehmonxona xonalari fondining o‘sishi 32 243taga yetishi kutilmoqda.

“Ta'kidlash joizki, 2019 yilda mehmonxona xonalari fondi to‘lishining o‘rtacha darajasi 60 foizni tashkil qildi, bu juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Narxlar oshishini inobatga olganda esa, mehmonxona biznesida yuqori rentabellik va investitsiyalar qoplanishini ta'minlash imkonini beradi”, - deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, koronavirus bilan bog‘liq jahondagi vaziyat tufayli mehmonxona xonalari fondi to‘lishi yiliga o‘rtacha 10-15 foizga pasayishni qayd etdi. Yaqin kunlarda mehmonxona biznesi yuqori rentabellik va samaradorlik ko‘rsatkichlariga qaytishi aytiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid