DXX davlat chegarasidan dron yordamida o‘tkazilgan «Makarov» to‘pponchasini musodara qildi
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Qozog‘iston chegarasidan mamlakat hududiga dron yordamida o‘qotar qurolni o‘tkazishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda DXX matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning respublika hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilishiga qarshi kurashish doirasida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbir davomida kuzatuvga olingan Toshkent shahrida yashovchi ikki nafar fuqaro poytaxt viloyatining Toshkent tumanidan o‘tuvchi o‘zbek-qozoq davlat chegarasi yaqiniga kelib, Qozog‘iston Respublikasi hududidan noqonuniy yo‘l bilan o‘tkazilgan o‘qotar qurolni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qurol o‘q otish uchun yaroqli holatdagi «Makarov» nomli to‘pponcha hisoblanib, uning o‘qdonida 6 dona jangovar o‘qlar bo‘lgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu qurol Qozog‘iston Respublikasida yashovchi shaxsdan 4 ming AQSh dollariga sotib olingan bo‘lib, sotuvchi uni uchuvchisiz uchish apparati, ya'ni dron yordamida davlat chegarasidan o‘tkazib bergan.
«Ta'kidlash lozimki, qo‘lga olingan fuqarolarning biri 2012 yilda Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 2019 yilda 169-moddasi bilan aybli, deb topilib, unga nisbatan 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», deyiladi DXX matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi
Jahon | 20:36
-
Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Sport | 19:50
-
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi
Iqtisodiyot | 19:40
-
Qashqadaryo va Buxorodagi quyosh stansiyalari: Energy China loyihalariga 1 yil to‘ldi
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

19:56 / 15.10.2024
Qadimiy oltin tangalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

21:24 / 26.05.2023
O‘zbekistonlik yigit Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi

15:47 / 31.07.2022
Toshkent viloyatida 2 gektar yerni 500 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

21:12 / 07.01.2022