Jahon | 10:13 / 28.01.2021
5495
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda 1 fevraldan aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanadi 

Foto: Sputnik

Qozog‘istonda 1 fevraldan aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanadi. Yil oxirigacha 6 mln kishini emlash rejalashtirilgan.

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Marat Shoranovning ta'kidlashicha, emlashning birinchi bosqichida Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi qo‘llanadi.  

Emlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Fevraldan tibbiy xodimlar, yuqumli kasalliklar shifoxonalari, tez tibbiy yordam xizmati xodimlari emlanadi. Mart oyidan esa o‘qituvchilar va kuch tuzilmalari xodimlarini, apreldan talabalarni va may oyidan vaksina hajmiga qarab qolgan aholini emlash rejalashtirilgan.  

Umumiy hisobda yil oxirigacha 6 mln kishini emlash rejalashtirilgan. Bunda 18 yoshdan kichik bolalar emlanmaydi.

“Emlashga unga qarshi ko‘rsatmalarga ega bo‘lmaganlar qo‘yiladi. Emlashdan oldin shifokor ko‘rigidan o‘tiladi. Emlanayotgan odam emlanishdan oldin ixtiyoriy ravishda emlanishga roziligi yoki uni rad etishi haqidagi hujjatni imzolaydi”, deb ma'lum qilgan Shoranov.

1-bosqichda “Sputnik V” vaksinasi qo‘llanadi. Fevral boshida ushbu vaksinadan 20 ming doza yetkazilishi kutilmoqda. 15 fevraldan esa Qarag‘anda farmatsevtika majmuasida ishlab chiqarilayotgan “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatga olinadi. Hozirda majmuada 90 ming dozadan iborat birinchi partiya ishlab chiqarilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu vaksina samaradorligi 92 foizni tashkil qiladi.   

Qozog‘istonda ishlab chiqilgan “KazKOVID-in” vaksinasini birinchi bosqichda 2 mln doza atrofida ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu vaksina klinik sinovlarning dastlabki ikki bosqichiga ko‘ra xavfsiz ekani va yaxshi o‘tkazilishi qayd qilingan. Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligida ma'lum qilinishicha, vaksina koronavirusga nisbatan 96 foiz darajada yuqori immun faollikka egaligi qayd qilingan.    

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid